Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə141/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Ekologiyanazariyasi

Internet manbaalari


  1. www.uznature.uz – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi sayti.

  2. www.yeso.uz – O‘zbekiston ekologik harakati sayti.

  3. www.un.org/esa/sustdev/ – Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning barqaror rivojlanish komissiyasi sayti.

  4. www.unesco.org – BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti sayti.

  5. www.unep.org – BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi sayti.

  6. www.undp.org – BMTning rivojlanish dasturi sayti.

  7. www.sgp.org – GEF kichik loyihalar dasturi sayti.

  8. www.unese.org/env/esd/ – BMTning iqtisodiyot komissiyasi sayti.

  9. www.worldresources.org – Jahon tabiiy resurslar sayti.

  10. www.unfra.org – BMTning aholishunoslik dasturi sayti.

  11. www.who.org – Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining

sayti.

  1. www.biodiv.org – Biologik xilma-xillik bo‘yicha sayt.

  2. www.carec.kz – Markaziy Osiyo mintaqaviy markaz sayti.

NIGMATOV


Asqar Nigmatullayevich
geografiya fanlari doktori, professor

O‘zbekiston Respublikasi Xalq (2002-y.) hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (2007-y.) a’lochisi.


Muallif 1954-yil 26-sentabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topdi. 1971-yil 144-maktabni, so‘ngra 1976-yil Toshkent Davlat universitetining (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) Geografiya fakulteti tabiiy geografiya yo‘nalishini bitirib, O‘zR Fanlar Akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo institutiga ishga yuborildi.
1976–1977-yillar u ToshDUning Biologiya-tuproqshunoslik fakultetida maxsus fanlardan ta’lim oldi. 1977–1988-yillarda Moskva, Boku, Kursk, Dnepropetrovsk shaharlarining ilmiy markazlarida malakasini oshirdi.
1976–1995-yillar mobaynida muallif Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti Tuproq eroziyasi laboratoriyasi katta laborantligidan shu institutning o‘zi tashkil etgan Tuproq eroziyasi va texnogen buzilishi bo‘limi mudirigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
A. Nigmatov aspiranturani (1980–1984-yy.) M.V. Lomonosov nomidagi MDU professori M.N.Zaslavskiy va O‘zR FA TAI laboratoriya mudiri H.M. Mahsudov rahbarlilgida olib bordi hamda 1985-yili «Toshkent viloyatining jarlangan yerlari va ularni melioratsiya qilish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Doktoranturani (1990–1993-yy.) esa u M.V. Lomonosov nomidagi MDU Geografiya fakulteti professori G.A. Larionov rahbarligida o‘tab, 1993-yili «O‘zbekiston yerlarining jarlanishi va texnogen buzilishi, ularni melioratsiya va rekultivatsiya qilishning geografik jihatlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
Uning pedagogik faoliyati O‘zR IIV Akademiyasi «Fuqarolik huquqiy bilimlar» kafedrasi professori (1995 – 1999-yy.), O‘zR Adliya vazirligi TDYI «Ekologiya va q/x huquqi» kafedrasi professori (1999–2005-yy.), Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Geografiya fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasi mudiri (2004–2006-yy.), O‘zMU AL va KHK bilan ishlash bo‘yicha prorektor (2005-2011-yy.), O‘zMS Ekologiya kafedrasi mudiri (2011–2012-yy.) olib borildi. O‘rindoshlik asosida A. Nigmatov O‘zR VM Islom universiteti «Islom huquqi» kafedrasi professori (2001–
2005-yy.), O‘zR Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi «Bioekosan» ta’lim muassasi ilmiy konsultanti (2001 –2005- yy.), O‘zR Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi TDAU «Huquqshunoslik» kafedrasi mudiri (2002–2004-yy.), O‘zR Adliya vazirligi Sudyalarni malakasini oshirish markazi professori (2000–2004-yy.), O‘zMU Tabiiy geografiya va geografiya ta’limi metodikasi kafedrasi professori (2004–2009-yy.), TDPU Geografiya ta’limi metodikasi (2005–2007-yy.), O‘zMU Oliy pedagogika instituti (2006–2011-yy.), O‘zR O‘MKHTRXMOQT instituti «Psixo- logiya va ma’naviyat» kafedrasi professori (2013-yildan) lovozimlarida o‘z pedagogik faoliyatini davom ettirdi.
340 dan ziyod ilmiy ishlar, jumladan, 6 ta monografiya, 17 ta darslik, 24 ta o‘quv qo‘llanma, 14 ta o‘quv- metodik, metodik qo‘llanma, 21 ta kitob va risola, 1 tadan ixtirochilik patenti va lug‘at, 168 ta maqola, 5 ta mavzuli kartalar, 30 tadan ziyod davlat standartlari, namunaviy o‘quv dastur va o‘quv rejalarini o‘zi va hamkasblari bilan chop etgan. Ekologiyaga va atrof-muhit muhofazasiga oid ilmiy ishlari 67 foizni tashkil etadi. Uning o‘zi va rahbarligida yaratilgan 5 ta darslik va o‘quv qo‘llanma turli yillarda O‘zR Prezidenti «Iste’dod» jamg‘armasining «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi» respublika tanlovi g‘oliblari qatoridan o‘rin olgan.
A. Nigmatov ilk bor respublikada jarlarning turli geografik sharoitlarda paydo bo‘lishi va rivojlanish qonuniyatlari, yerlarning texnogen buzilishining regional xususiyatlarini ochib berdi. Jarlangan va texnogen buzilgan yerlarni melioratsiya va rekultivatsiya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqdi. Respublikada birinchilar qatori «Ekologiya huquqi», «Yer huquqi» kabi fanlarga oid o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratdi. Shogirdlari bilan respublikaga «Ekoturizm», «Agroturizm», «Ekoterrorizm», «Ekologik javogarliklarga differensial geografik yondashuv» kabi ilmiy yo‘nalishlarni olib kirdi. O‘rta Osiyoda ilk bor «Ekologiya nazariyasi»ni rivojlantirish zarurligi va u asosida milliy ekologik ta’limni isloh qilish g‘oyasini ilgari surdi.
«Fanlarning taalluqlilik tizimi»ni yaratdi va uni global miqyosda ommalashtirish talabini qo‘ydi.
A. Nigmatov O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy ijroiya hamda Ilmiy kengashlarining a’zosi.



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə