Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə46/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekologik axborot almashuv erkinligi prinsipi xalqaro hamkorlik qatnashchilaridan o‘z milliy chegaralarida yuz berayotgan atrof tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishlari haqida vaqtida axborot berib borishni nazarda tutadi. Chunki ekologik jarayonlar ma’muriy chegarani «tan olmaydi» va ular qo‘shni mamlakatning ekologik xavfsizlik darajasiga salbiy ta’sir etishi mumkinligini e’tirof etadi. O‘z paytida va tezkor

olingan axborot ekologik xavfning oldini olishi hamda uni birgalikda yoki xalqaro hamjamiyat yordamida bartaraf qilish imkonini beradi.

  1. O‘zaro ekologik konsultatsiyalash prinsipi bundan oldingi axborotlash prinsipining davomi. Konsultatsiyalash yoki maslahatlashish prinsipi yuzaga kelgan ekologik inqiroz holatining keng yoyilishini ol- dini olish, uni bartaraf qilishning xalqaro strategik maqsad va taktik vazifalarini aniqlab olish, unga qarshi kurashishning chora-tadbirlar ko‘lami va yo‘llarini aniqlashtirishga imkon beradi.

  2. Ekologik_inqirozli'>Ekologik inqirozli holatda davlatlarning o‘zaro yordam ko‘rsatish prinsipi davlatlarning o‘zaro gumanitar yordam ko‘rsatishi oqibatda o‘z milliy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan harakatlar toifasiga kiradi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan «Orol muammosi»ni hal qilishda 300 dan ziyod davlat yoki nodavlat tashkilotlarning ishtirok etishi va keyingi 10 yil mobaynida ularning yuz millionlab AQSH dollari miqdorida bizlarga moddiy yordam ko‘rsatishlari bunday oliyjanob prinsipni amalda qo‘llanilayotganiga dalil bo‘la oladi.

  3. Ekologik nizolarni tinchlik yo‘li bilan hal etish prinsipi xalqaro huquq subyektlari orasida ushbu

nizolar orqali atrof tabiiy muhitga yanada ko‘proq zarar yetkazuvchi «sovuq urush»larning yoki harbiy





52 Международное право в документах. – М.: Юрист, 2007.
to‘qnashuvlarning oldini olishga qaratilgandir. Zamon talabi — har qanday salbiy jarayonlarni diplomatik vositalar orqali hal qilish va davlatlarning butun kuchini har qanday urushlarga emas, balki insonlarga xavf solayotgan ekologik inqirozlarga sarf qilishlariga da’vat qilishidir.


  1. Yüklə 4,14 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə