Book · June 020 citations reads 18,691 author


-BOB. LOYIHA KOMANDASINI BOSHQARISH............................... 203



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

11-BOB. LOYIHA KOMANDASINI BOSHQARISH............................... 203 
11.1. Komandani shakllantirish va rivojlantirish....................................
 
203 
11.2. Komandaning samarali faoliyatini tashkil qilish............................ 210 
11.3. Komanda personalini boshqarish.................................................... 212 
Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar............................. 219 
12-BOB. LOYIHANI YAKUNLASH........................................................... 220 
12.1. Loyihani ishga tushirishga tayyorlash. Uskunalarni ishga 
tushirish, dastlabki sinovdan o’tkazish va uning ish sifatini 
nazorat qilish.................................................................................... 
220 
12.2. Daromadlar hisobiga investitsiyalar qoplanishi monitoringini olib 
borish. Loyiha samaradorligini baholash......................................... 
221 
Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar............................. 224 
TESTLAR SAVOLLARI.............................................................. 225 
 
 
GLOSSARIY.................................................................................. 256 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.................. 291 
 
 
 



KIRISH 
 
 
“Eng 
muhimi, 
investitsiya 
loyihalarini to’g’ri joylashtirish kerak. 
Bu borada investorlarning yagona 
talabi – loyiha mo’ljallangan joy zarur 
infratuzilma 
tarmoqlariga 
ega 
bo’lishidir. 
Sh.M. Mirziyoyev.
 
Jahon iqtisodiyotida investitsiyalarga talab va taklif o’rtasida nomutanosiblik 
tendensiyasi hukm surmoqda. Bugungi kunda investitsiyalar oqimi taraqqiy etgan 
mamlakatlardan 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
iqtisodiyotiga 
faol 
yo’naltirilayotganligining 
guvohi 
bo’lmoqdamiz. 
Natijada 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar iqtisodiyotida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ulushi keskin oshib 
bormoqda.
O’z navbatida, investitsiyalar samaradorligini oshirish bilan bog’liq ko’plab 
muammolar mavjudligi investitsiya loyihalarini boshqarishni takomillashtirish 
zaruratini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo’lib qolmoqda. 
Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni 
iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga 
joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy 
va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, 
investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya faoliyatini moliyaviy 
boshqarish vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Investitsiya loyihalarini samarali boshqarivi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan 
investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta 
shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin, - deya ta’kidlab 



o’tdilar
1
. Darhaqiqat, Prezident to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam 
berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi. 
Investitsiyalarning asosiy qismini o’zlashtirishni yilning oxirgi oylariga surish 
amaliyotiga chek qo’yib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda 
kamida 35 foizga, to’qqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi.
 
2019 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha 
kiritilgan. Bu 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya 
dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish 
quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Xususan, mamlakatimiz mintaqalarida investitsiya faoliyatini tashkil qilish 
xususiyatlari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda mintaqaviy venchurli 
fondlar faoliyatini tashkil etish, investitsiya loyihalarini kreditlashda sindikatlangan 
kreditlarni ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, investitsiya faoliyatini tashkil 
etishda ichki resurslar, jumladan, aholi jamg’armalaridan foydalanish samaradorligini 
oshirish kabi masalalarga muhim ahamiyat qaratish lozim. 
Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash 
usulini takomillashtirish banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashni 
talab etadi. Buning uchun Markaziy bankning tijorat banklari uzoq muddatli 
depozitlariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini pasaytirish hamda 
davlatga tegishli pul mablag’larini iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarida sindikatli 
kreditlashni amalga oshirayotgan tijorat banklariga uzoq muddatli depozit sifatida 
joylashtirish 
hamda 
yuqori 
samarali 
loyihalarga 
berilgan 
kreditlarni 
sekyuritizatsiyalash orqali mablag’larni jalb etish banklarning investitsion 
loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi. 
Shuningdek, ushbu fanning asosiy maqsadi kelajakda investitsiya sohasidagi 
mutaxassislarga investitsiya loyihalarini boshqarishning nazariy asoslarini tushunib 
yetish, uni chuqur o’rganish omillariga asosiy e’tibor qaratish hamda baholashning 
1
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor 
vazifalar haqidagi Oliy Majlisgа Murojaatnomasi. 2018-yil 28-dekabr. 



samarali usullarini tanlash, muqobil variantlarini to’g’ri taqqoslash va to’g’ri 
moliyaviy qarorlar qabul qilishda mustahkam nazariy va amaliy bilim berish, 
tajribalarni o’rgatish, korxona iqtisodiyotini boshqarish va oqilona investitsion 
siyosat olib borishni o’rgatishdir.
“Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’rganish talabalarda investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish bo’yicha qarorlarni qabul qilish, ularni moliyalashtirish, 
monitoringini olib borish, shuningdek, samaradorligini ta’minlash bilan bog’liq 
mustahkam bilimlarni shakllantirish hamda amaliy ko’nikmalarni hosil qilish 
vazifalarini o’zida namoyon etadi.
O’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlari talabalari, kollej o’quvchilari hamda bank-
moliya sohasi xodimlari va boshqa foydalanuvchilarga mo’ljallangan. 
“Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’qitishning asosiy maqsadi 
talabalarda moliyaviy qo’yilmalarning maqbul yo’nalishlarini tanlash, ular 
samaradorligini aniqlash va ta’minlashda muhim ahamiyat egallovchi investitsiya 
loyihalarini boshqarishni tashkil etishning asosiy yo’nalishlari, zamonaviy 
usullaridan foydalanish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakani shakillantirishdan 
iborat.




Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə