Book · June 023 citations reads 121 author



Yüklə 10,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/181
tarix11.12.2023
ölçüsü10,33 Mb.
#144445
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   181
IbraimovaA.A.Kartalarniloyihalashvatuzish-DARSLIK-2

 
 
 
1
Dent, Borden D. Cartography: thematic map design / Borden D. Dent, Jeffrey S. Torguson, Thomas W. 
Hodler.—6th ed. New York, NY 10020. Copyright © 2009. p. 73-74. 


- 22 - 
1.4. Kartografik axborot va u bilan ishlash 
 
Boshqaruv jarayonlari har doim axborotni qayta ishlash bilan 
chambarchas bog‘liq. Axborotni olish, uzatish, qayta ishlashda 
kompleks texnik vositalardan hamda, o‘z navbatida, muhim 
tarkibiy qismi geografik axborot tizimlari (GAT/GIS) hisoblangan 
yaratiladigan 
avtomatlashgan 
boshqaruv 
tizimlari 
(ABT) 
sharoitida tezkor elektron hisoblash texnikasidan foydalanish 
nazariy va amaliy masalalarni hal etishda alohida rol o‘ynaydigan 
matematik usullar, informatika, kibernetika, sistemotexnika 
kabilarni rivojlantirish va keng qo‘llashga olib keladi.
Istalgan ABTda GATning ishlashi uning asosiy kichik 
tizimlari o‘zaro ta’siriga asoslanadi. GATning eng muhim tarkibiy 
qismlaridan biri uning axborot ta’minoti hisoblanadi. GATning 
axborot ta’minoti deganda, joy kartografik obyektlari haqidagi 
butun axborot, uni taqdim etish, saqlash, o‘zgartirish va uzatish 
usullari tushuniladi. 
Topografik xarita katta miqdordagi chambarchas aloqada 
bo‘lgan, turli-tuman joy obyektlarining o‘ziga xos shartli tasviri 
bo‘lib, ko‘p darajali murakkab kartografik obyektlar tizimi 
(xaritada) hisoblanadi. Uning har bir bo‘g‘ini – ma’lum darajadagi 
tizim – o‘z tuzilishiga ega, muntazam kengayadi va rivojlanadi. 
Masalan, tabiat kuchlari va inson faoliyati ta’sirida joydagi 
istalgan obyekt va, demakki, xaritadagi uning tasviri (kartografik 
obyekt) o‘z o’rnini va xususiyatlarini (tavsifini) o‘zgartiradi. 
Kartografik obyekt o‘rni va tavsifi
deganda, xaritda joy aniq 
obyektini tasvirlash haqidagi ma’lumotlar tushuniladi. Kartografik 
obyektlar to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborot, ularning tavsifi 
istalgan GATning majburiy tarkibiy qismi hisoblangan kartografik 
ma’lumotlarga qo‘shiladi. 


- 23 - 
GATning 
amal 
qilishi 
uchun 
foydalaniladigan 
avtomatlashgan boshqaruv tizimi, bir tomondan, joy obyektlari 
haqidagi ma’lumotlar asosida boshqaruvni amalga oshirsa, 
ikkinchi tomondan shu obyektlarni boshqaradi. Biroq, ABTda joy 
obyektlarini 
boshqarish 
GATda 
kartografik 
obyektlarni 
boshqarish vositasida bajariladi, ular orqali esa joy obyektlarining 
o‘zi boshqariladi. Kibernetik yondashuvda kartogafik obyektlarni, 
eng avvalo, axborotni qayta o‘zgartirish jarayonlari sifatida 
boshqaruv jarayonlari ko‘riladi. 
Kartografik axborot tushunchasi axborot tushunchasi bilan 
bevosita bog‘liq. Shu bois, axborotning mohiyatiga qisqacha 
to‘xtalib o‘tamiz. 
Axborot – mazmuniga ko‘ra g‘oyatda keng, ko‘p qirrali 
tushuncha. Hozirda odatiy “xabar”, ma’lumot”, “yangilik” kabi 
so‘zlar o‘rnida ko‘pincha “axborot” so‘zini ishlatish urfga 
aylangan. Bu tasodif emas, chunki axborot asosida real obyekt va 
hodisalar hamda ular orasidagi aloqalar haqidagi bilimlar 
(ma’lumotlar) yotadi. 
Axborot
– moddiy dunyo obyektlari hamda 
ular o‘zaro aloqadorligi shakllari haqidagi ma’lumotlarning inson 
ongida aks etishidir. Axborotni falsafiy tushunishning mohiyati 
shundan iboratki, u aks etuvchi xilma-xillik hisoblanadi.
Umuman, 
axborot
deganda, odatda, bir odamdan boshqasiga 
og‘zaki, yozma yoki texnik vositalardan foydalanib uzatiladigan 
ma’lumotlar tushuniladi.
Faktlar yoki ma’lumotlar o‘zicha hech narsani izohlamaydi, 
ular boshqa faktlar yoki ma’lumotlar bilan taqqoslanganda 
ahamiyat kasb etadi. Masalan, hattoki, agar chiroyli jihozlangan 
xarita ko‘plab kartografik obyektlarga ega bo‘lsa ham, bu hali 
butun axborot emas. Qandaydir nisbatan kichik axborotni 
xaritaning ma’lum koordinatalar va shartli belgilar sistemasida 
tuzilganligi 
ham 
berishi 
mumkin. 
Xarita 
qachonki 



- 24 - 
foydalanilganda va undan joy obyektlari haqidagi yangi 
ma’lumotlar olingandagina axborot mazmuniga ega bo‘ladi. 
Shunday qilib, 
axborot
– bu yangi “nima”dir. Biroq har qanday 
yangi narsa qandaydir eskisiga asoslanadi. Yangi eskisisiz, eski 
ham yangisiz qabul qilinmaydi. Va bu mulohaza kartografiyada 
juda muhimdir. 
Geoaxborot tizimlarida eng keng tarqalgan axborot 
kartografik axborot hisoblanadi. U boshqaruv tizimlarida qayd 
etish, uzatish, qayta o‘zgartirish, saqlash va foydalanish mumkin 
bo‘lgan joy obyektlari haqidagi turli xil ma’lumotlarni 
yig‘indisidan iborat. Bunda obyektlar joylashgan o‘rni hamda 
ularning tabiiy va boshqa xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar 
ishlatiladi. Aniq ABT sharoitida ma’lumotlar yig‘indisi 
boshqaruvning 
barcha 
funksiyalari 
o‘zaro 
aloqasini 
ta’minlaydigan va qaror qabul qilishda asos bo‘lib xizmat 
qiladigan kartografik axborot tizimini hosil qiladi. 
GATda amal qiladigan kartografik axborotni o‘rganish 
axborotni tadqiq qilishning umumiy usullariga bo‘ysunadi. 
Kartografik axborotning mohiyatini, uning o‘ziga xosligini 
loyihalash jarayonida xarita yaratishni berilgan informativlik, 
undan axborotni olish va uzatish osonligi, xaritada turli xil 
kartometrik va boshqa ishlarni bajarishni ta’minlashda zarur. Shu 
sababdan, kartografik axborotni ifodalovchi asosiy tushuncha va 
iboralarni bilish lozim. Kartografik axborotni aniqlashda uni 3 
jihatdan qarash darkor: bilish vositasi sifatida (
gnoseologik jihat
), 
axborot uzatish usuli sifatida (
kibernetik jihat
) va xaritadan 
olinadigan ma’lumot sifatida (
pragmatik jihat
). 
Kartografik axborotning 

Yüklə 10,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə