Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari. Reja


Qonun va qonuniyat tushunchalari. Falsafiy qonunlar va kategoriyalar



Yüklə 21,18 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü21,18 Kb.
#166983
1   2   3   4
фалсафа 2 мав. ресурс

5. Qonun va qonuniyat tushunchalari. Falsafiy qonunlar va kategoriyalar.
Qonun – muayyan shart-sharoitlarda voqealar rivojining xususiyati va yo`nalishini belgilaydigan, ma’lum bir kat’iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlaridir. Eng umumiy qonunlar turkumiga dialektika qonunlari kiradi. Bular: miqdor o`zgarishlaridan sifat o`zgarishlariga o`tish qonuni: qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni ; inkorni inkor qonunlar.
Voqelik va o`zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyat dialektikasi.
Qarama – qarshiliklar birligi va kurashi qonuni dialektika qonunlari ichida markaziy o`rinni egallaydi. Bu qonunga muvofik har bir narsa bir – biri bilan uzviy aloqada bo`lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama – qarshi tomonlarga, kuchlarga ega. Bu qarama – qarshi tomon va kuchlar o`rtasidagi kurash taraqqiyotining manbaini ifodalab, eskining yuqolishi va yangining paydo bo`lishiga olib keladi.
Olamning mavjudligi-miqdor va sifat voqeligi tarzida.
Miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tish qonuni dialektikaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo`lmagan miqdoriy o`zgarishlar asta – sekin to`plana borib,taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorini buzadi va sakrash yo`li bilan tub sifat o`zgarishlariga olib keladi.
Sifat - narsalarning ichki muayyanligi bo`lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligidir. Sifat narsa qanday bo`lsa, uni shundayligicha aniqlab beradi
Miqdor predmetning xajm, o`lchovi, og`irligi, harakati tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi
Me’yor– bu miqdoriy munosabatlar va ob’ektiv sifatga mos tuzilmalarning muvofiqligi. Ob’ektning miqdori ushbu sifat doirasidan chiqmasdan muayyan oraliqda o`zgaradi.
Rivojlanish jarayonida o`z-o`zini inkor etish tamoyili.
Inkorni inkor qonuni- ob’ektiv olamning va bilishning turli sohalarda ko`plab uchraygan keng ta’sir doirasiga ega bo`lgan qonundir

Dialektik inkor yangi bilan eski o`rtasidagi bog`lanishni butqul rad qiladi deb tushunmaslik kerak. Yangi qanchalik ilgor bo`lmasin, u yo`q joyda paydo bulmadi, balki eskining kobigida asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun ham eskida yangiga o`tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi balk uning ijobiy tomonlari va rivojlanishni davom ettiriladi. Demak yangi bilan eski o`rtasida vorislik mavjuddir. Dialektik inkorning muhim xususiyati ana shundan iborat.




Yüklə 21,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə