Bosh miya reflekslari


Pavlov oliy nerv faoliyatining quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#152382
1   2   3
onf.M-5

Pavlov oliy nerv faoliyatining quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan:
shartli reflekslar yoki nerv tutashishlarning hosil boʼlishi; 
shartli refleks kuchining qoʼzgʼalish kuchiga bogʼliqligi; 
shartli qoʼzgʼatgichlarning yigʼindisi; 
shartli reflekslar mustahkam boʼlmaganligi uchun, shartli Qoʼzgatuvchining keskin kuchayishi yoki yangi Qoʼzgatuvchining taʼsiri tufayli tormozlnishning oʼsishi; 
nerv jarayonlarining bosh miya poʼstlogida tarqalishi va kontsentratsyalanishi natijasida uning ayrim qismlari oʼrtasida aloqaning vujudga kelishi hamda shartli reflekslarning umumlashishi va ixtsoslashishi; 
qoʼzgʼalish va tormozlanishning poʼstloq manbalari oʼrtasidagi qarama-qarshi oʼzaro munosabatni taʼminlaydigan nerv jarayonlarining bir-biri bilan bogʼlik induktsiyasi.
  • Shartli reflekslar - odam va hayvonlarning shaxsiy xayoti davomida orttirgan moslashuv reaksiyalari sistemasi; shartli (signal) qoʻzgʻatuvchi bilan shartsiz reflektor qoʻzgʻatuvchi oʻrtasida vujudga keladigan muvaqqat bogʻlanish tufayli paydo boʻladi. Shartli reflekslar markaziy nerv sistemasiga ega barcha hayvonlarda bor. "SH.r." terminini I.P. Pavlov taklif etgan (1903). Shartli reflekslar hosil qilinadigan reaksiyaga befarq boʻlgan qoʻzgʻatuvchi (signal), yaʼni shartli taʼsirlovchining organizmga. uzluksiz taʼsiri bilan bogʻliq. Masalan, chiroq yoqilganida ovqatlanishga nisbatan Shartli reflekslar hosil boʻlishi uchun itga chiroq yoqilgandan soʻng ovqat berib turish kerak. Tashqi yoki ichki muhitning har qanday oʻzgarishi shartli taʼsirlovchi boʻlishi mumkin. Ilgari befarq boʻlgan, lekin vaqt jihatdan biror shartsiz refleksning namoyon boʻlishi bilan moye keladigan har qanday taʼsirlovchi shartli signal boʻlishi mumkin.
  • Nervizm — odam va yuqori darajada tuzilgan hayvonlar organizmidagi barcha funksiyalar va fiziologik jarayonlarni boshqaruvchi bosh omil — nerv sistemasi degan gʻoyaga asoslangan yoʻnalish. N. terminini fanga I. P. Pavlov kiritdi (1883), S. P. Botkin, I. M. Sechenov va uning izdoshlari asarlarida N. gʻoyasiga asos solindi. Asosiy N. I. P. Pavlovning oliy nerv sistemasi, shartsiz reflekslar va shartli reflekslar qaqidagi taʼlimotidir. Hozirgi neyro-gumoral regulyasiya haqidagi tushunchaga koʻra, organizmdagi fiziologik jarayonlarni boshqarishda nafaqat nerv sistemasi, balki gormonal-gumoral omillar ham ishtirok etadi.[1]
  • Oliy nerv faoliyatida markaziy hodisa shartli reflekslar boʼlib, ular jahon neyrofiziologyasi va eksperimental psixologiyadagi muhim tadkikot obʼekti hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan oliy nerv faoliyatining asosiy faktlari va izchilligining toʼgʼri ekanligi olimlarning koʼpgina ishlarida isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Аnoxin funktsional sistema nazariyasini ishlab chiqib, bu naeriyani funktsiyalar evolyutsiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyutsion jarayonning umumiy qnuniyati boʼlgan sistemogenez tushunchasini yaratdi.

Adabiyotlar:

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə