Bosh va yordamchi stvollarning o‘zaro bog’liqligi


Sirtlar kesishish chizig‘ini yasashning umumiy algoritmi



Yüklə 53,52 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü53,52 Kb.
#167588
1   2   3   4
Bosh va yordamchi stvollarning o‘zaro bog’liqligi

Sirtlar kesishish chizig‘ini yasashning umumiy algoritmi
Ikki sirtning kesishish chizig’i, odatda kesishish chizig’ining nuqtalarini ketma-ket yasash yo’li bilan hosil qilinadi. Kesishish chizig’ining nuqtalari ikkala sirtga ham taalluqli bo’lib, yordamchi kesuvchi sirtlar yordamida yasaladi. Yordamchi kesuvchi sirtlar sifatida tekislik, sfera, konus va silindr sirtlarini olish mumkin. Yordamchi kesuvchi sirtlar shunday tanlanishi kerakki, u berilgan sirtlar bilan kesishganida kesimda chizilishi oddiy va qulay chiziqlarto’g’ri chiziq yoki aylanalar hosil bo’lsin.
Yordamchi kesuvchi sirtlar majmuaning oldingi boblarida yordamchi kesuvchi tekislik ko’rinishida ishlatilgan edi. Masalan, to’g’ri chiziq bilan tekislikning kesishuv nuqtasini yasashda, tekisliklarning kesishish chizig’ini yasashda, tekislik bilan sirtlarning kesishuvida, to’g’ri chiziq bilan sirtlarning kesishuvida yordamchi kesuvchi tekisliklar o’tkazilgan edi.
Yordamchi kesuvchi sirtlar usulida yasash algoritmi quyidagicha bo’ladi (7.1-rasm):

  • Berilgan ikki sirtlar kesishish chizig’ining xarakterli nuqtalari yasaladi. Bu nuqtalar o’z navbatida yordamchi kesuvchi sirtlarni o’tkazish chegarasini aniqlaydi.

  • Yordamchi kesuvchi Ω sirt o’tkaziladi. Bunda va Ω sirtlar o’zaro kesishib n (∩Ω=n) chiziqni, sirt bilan Ω sirt kesishib m (∩Ω=m) chiziqni hosil qiladi.

  • n va m chiziqlar kesishib (nm=A, B,…) A, B,…nuqtalarni hosil qiladi.

Bu nuqtalar berilgan sirtlar kesishish chizig’ining nuqtalaridir.
B unday yasash algoritmi yetarli marta takrorlansa, kesishish chizig’ini yasash uchun yetarli nuqtalari hosil qilinadi. Bu nuqtalar ma‘lum tartibda lekalo yordamida silliq tutashtirilsa, berilgan ikki sirtning kesishish chizig’i hosil bo’ladi.
Agar yordamchi kesuvchi sirt tekislik bo’lsa, xosmas o’qli tekisliklar dastasi hosil bo’ladi. Agar yordamchi kesuvchi sirt sferadan iborat bo’lsa, konsentrik yoki
ekssentrik sferalar oilasi hosil bo’ladi. Shunga ko’ra ikki kesishuvchi sirtning kesishish chiziqlarini yasashda yordamchi kesuvchi tekisliklar dastasi, yordamchi kesuvchi konsentrik va ekssentrik sferalar usullari hosil bo’ladi. Bu usullarining qo’llanilishi to’g’risida keyinchalik batafsil to’xtab o’tamiz.

Yüklə 53,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə