Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish


Punktuatsiya asoslaridan kelib chiqib, tinish belgilari qo’llashning quyidagi asoslarini ko’rsatamiz



Yüklə 146,26 Kb.
səhifə6/23
tarix02.05.2023
ölçüsü146,26 Kb.
#107938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ona tili darslarida tinish belgilariga doir bilimlarni shakllantirish

Punktuatsiya asoslaridan kelib chiqib, tinish belgilari qo’llashning quyidagi asoslarini ko’rsatamiz:
1. Logik-grammatik asos. Bunga ko’ra, tinish belgilari gap mazmuni, tuzilishi va ohangi nazarda tutilgan holda, shulardan kelib chiqib qo’llaniladi. Masalan, xabar mazmunini anglatgan gapning oxirida nuqta, so’roq mazmunini anglatgan gaplarning oxirida so’roq, emotsiya (hayajon) ifodalangan gaplar oxirida undov belgilari ko’proq nutq mazmuniga asoslanib qo’yilgan bo’ladi; kiritma qurilmalarning asosiy gap bilan zich bog’langanlari qavs, sayoz, bo’sh bog’langanlari tire bilan ajratilish holatlari ko’proq nutq tuzilishga asoslanadi: "Dod!" degan ovoz eshitildi. (O.) Qalandarov jonjahdi bilan baqirdi: Yuqol!!! gaplarining birinchisidagi qo’shtirnoq nutq tuzilishiga, ikkinchisidagi undov belgilari ohangga asoslanib qo’yilgan.
2. Uslubiy asos. Bu prinsipga ko’ra, tinish belgilari nutq uslubining talabidan kelib chiqib qo’yiladi.
Til taraqqiyoti, til uslublarining rivojlanishi nutqning ajralmas qismi bo’lgan punktuatsiyaning taraqqiyotiga, uning qo’llanish doirasining kengayishi yoki o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan, badiiy asarlarda (dialogik nutqlarda) ixchamlik uchun personajlarning nutqlari tire bilan ajratiladi. Dramatik asarlarda esa nutq egalarining nomi keltirilgan-ligidan, borligidan ularni tire bilan ajratishga extiyoj bo’lmaydi yoki qo’shtirnoq havola (sitata)larda qo’yilib, badiiy asarlardagi ko’chirma gaplarda qo’llanilmaydi. Nutqning individual uslub shaklida tinish belgilari, ko’pincha, yozuvchining sub'yektiv maqsadi, emotsional fikr ifodalash, uning ta'sirchanligini oshirish uchun qo’llaniladi. Masalan, Yoz. Quyosh hamma yoqni qizdiradi. (O.) Yoz! Pishiqchilik, to’kinchilik fasli! (U.) gaplarida "yoz" so’zi orqali ikki yozuvchi ikki xil maqsadni ifodalash uchun foydalangan. Bu maqsadlar tinish belgilari (nuqta, undov belgisi) orqali ifodalangan. G’ovur bo’lib ketdi: Xotin-qizlar zveno, brigadani udda qilolmaydimi! (A.Q.) gapida ritorik so’roq bilan fikrning kuchli (emotsional) va davomli ekanligi ifodalangan. Bu maqsadlar undov belgisi va ko’p nuqta orqali ifodalangan. Lekin bundan har bir yozuvchi tinish belgilaridan o’z bilganicha, o’z istagicha foydalana beradi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Tinish belgilarining individual uslub talabiga ko’ra qo’llanilishi ham uslubiy tamoyilning umumiy me'yoriga bo’ysinadi.
3. Farqlovchi (differensial) asos. Bu tamoyilga ko’ra tinish belgi-lari yozuv texnikasi (shakli)ni farqlash uchun qo’llanadi. Boshqacha aytganda, tinish belgilarining yozuv shakllariga bog’liq holda odatda-gidan farqli ishlatilishi farqlovchi tamoyil asosida yuz beradi. Ilmiy uslubda, jumla ichida so’zlarni qisqartirishda iqtibos – sitatalarning manbaini ko’rsatishda, havolalarda, kitob muqovalarida nashriyot nomi va nashr vaqtini ko’rsatishda tinish belgilari mazkur tamoyilga asosan ishlatiladi. Masalan, kitob muqovasida tire (Toshkent – 2011 kabi), havolalarda vergul (G’afur G’ulom, Tanlangan asarlar, Toshkent, 1985 kabi) qo’yiladi. Ba'zan muallif va uning asari, matbuot nomlari qisqartirilib, unda tinish belgisidan foydalaniladi: Navoiy – N.; Oybek – O.; Abdulla Qahhor – A.Q. Ko’p hollarda farmon va qarorlarda tire har bir gap oldidan qo’yilib, numerativlik vazifasini ham bajaradi, bunda ham farqlovchi tamoyilga asoslaniladi. Umuman, hozirgi o’zbek tilida tinish belgilari uch tamoyil – logik-grammatik, uslubiy va farqlovchi tamoillar asosida qo’llaniladi. Bulardan logik-grammatik tamoyil yetakchi bo’lib, keyingi ikki tamoyil shunga asoslanadi – yordamchi tamoyil.

Yüklə 146,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə