Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish



Yüklə 146,26 Kb.
səhifə5/23
tarix02.05.2023
ölçüsü146,26 Kb.
#107938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ona tili darslarida tinish belgilariga doir bilimlarni shakllantirish

Punktuatsiya tilshunoslikning grafika sohasi bilan zich bog’langan. Ma'lumki, grafika muayyan tilning yozuv tizimini bir butun holda, barcha belgilar yig’indisini o’rganuvchi soha, shulardan tinish belgilar punktuatsiya tomonidan o’rganilishidan qat'i nazar, keng ma'noda punktogrammalar ham grafikaning tarkibiy qismidir. Grafika tinish belgilaridan tashqari, raqamli, diakritik va tarnskripsion belgili kabi yozuvlarni ham o’z ichiga oladi. Shunday bo’lsa ham, punktuatsiya o’z o’rganish ob'yekti va vazifasi jihatidan grafikadan, yozuvning boshqa – belgili shakllaridan ajralib turadi.
Demak, grammalar (tinish belgilar) muayyan yozuv tizimining yordamchi, ayni paytda, zarur qimsi bo’lgan shartli belgilar yig’indisidir.
Punktuatsiya orfografiya bilan aloqador. Orfografiya so’zlarning to’g’ri yozilishini o’rganib, morfologiya bilan zich bog’lansa, punktuatsiya gaplarning to’g’ri tuzilishi, undagi fikrning to’g’ri ifodalanishi uchun xizmat qilib, sintaksis bilan zich bog’lanadi. Masalan, so’roq, undov, nuqta kabi tinish belgilaridan so’ng gapning bosh harf bilan, ikki nuqta, nuqtali vergullardan keyin gapning ko’pincha kichik harf bilan yozilish holatlari punktuatsiya bilan orfografiyaning aloqadorligini ko’rsatuvchi omildir. Bundan tashqari, savodxonlikni oshirishda orfografiya qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, punktuatsiya ham shuncha ahamiyatga egadir. Orfografiya ham, punktuatsiya ham grafik vositalar bo’lib, to’g’ri yozish to’g’ri tuzish, to’g’ri ifodalash haqidagi ta'limotdir. Punktuatsiya uslubiyat bilan aloqador. Tinish belgilarining noto’g’ri qo’llanilishi gap mazmunida galizlik, mavhumlik va noaniqlikni keltirib chiqaradi. Masalan, Ey tabib, qo’y, boqma dardim bedavolardan biri (Muq.) gapida uch holat bor: a) qo’y so’zidan keyin vergul o’qilmasa, “tabib” “qo’yboqar”ga aylanadi; b) "dardim"dan keyin vergul qo’yilsa, “dardim” “boqma”ga bog’lanadi – kesim+to’ldiruvchi (boqma dardimni) munosabati tug’iladi; v) "boqma"dan keyin vergul qo’yilsa, "ega+kesim" (dardim bedavolardan biri) tug’iladi. Punktuatsiya sintaksis bilan uzviy aloqador. Punktuatsion qoidalar sintaktik qonuniyatlar, me'yorlar asosida talqin qilinadi. Punktuatsiya qoidalarini sintaktik qonuniyatlarga bog’lab bayon qilishning o’z ilmiy metodik asoslari va usullari bor. Punktuatsiya qoidalarini aniqlashda mazkur tilning barcha sintaktik, uslubiy xususiyatlari hisobga olinadi. Tinish belgilari qo’llashni gap qurilishi, uning grammatik-semantik shakllanishi boshqaradi. Masalan, Muhayyo, Surayyo, Ra'no, Muqaddas, Ko’zimni yashnatib, kiyibsiz atlas (X.Saloh) gapida vergul uch xil vazifada: 1) uyushgan undalmalarni biriktirish; 2) ularni gap bilan grammatik bog’lanmaganligi uchun gapdan ajratish; 3) oborotdagi qisqa pauzani qoplash uchun qo’llanilganki, buni shu gapning konkret sintaktik qurilishi taqozo qilgan. Punktuatsiya sintaktik fonetika, gap ohangi bilan uzviy bog’lan-gan. Ohang (intonatsiya) ovozning rang-barang tovlanishi: tinch boshla-nishi, ko’tarilishi (kulminatsiyasi), pasayishi, susayishi, tinishi (uzilishi); tempi: tez va sekinligi, osoyishtaligi; sifati: cho’ziq, qisqaligi, kuchli va kuchsizligi; davriy va davomliligi, takrorlanishi kabilarda ko’rinadi. Ohang juda murakkab bo’lib, urg’u, pauzalar, melodika kabilar uning komponentlari hisoblanadi. Ohang gap mazmun-mundarijasining ajralmas qismi: usiz gap shakllanmaydi, gapning kommunikativ (aloqa-aralashuv) vazifasini ohang boshqaradi. Ohangning o’zgarishi gapning mazmun va tuzilish jihatidan o’zgarib ketishiga sabab bo’ladi: mazmun farqlaydi, gap qayta shakllanadi. Quyidagi gaplarning ohangini qiyoslaylik:
1. Turg’un ukam vrach bo’ldi.
2. Turg’un, ukam, vrach bo’ldi.
3. Turg’un – ukam vrach bo’ldi.
4. Turg’un, ukam vrach bo’ldi.
1-gapda Turg’un bilan ukam o’rtasida pauza yo’q: Turg’un – aniqlovchi, ukam – ega; 2-gapda Turg’un bilan ukam sanash ohangi bilan aytiladi: uyushiq egalar; 3-gapda "ukam" gapga nisbatan sal tez va pasayuvchi ohang bilan aytiladi: ajratilgan bo’lak; 4-gapda Turg’un so’zi murojaat ohangi bilan gapdan ajratilib, biroz pauza qilinadi: undalma.
Siz bor, men bor qurilmasi ohangning o’zgarishi tufayli uyushiq bog’lovchisiz qo’shma gap (Siz bor, men bor va boshqalar bor kabi); sabab ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap (Siz bor – men bor // Siz borligingiz tufayli men bor) kabi shakllarda shakllanishi mumkin.
Punktuatsiya bilan ohang qanchalik yaqin bo’lmasin, ular o’ziga xosligi, qimmati jihatidan har xil baholanadi: ohang (gap ohangi) – birlamchi, material tushuncha; punktogrammalar (tinish belgilari) – hosila; ohangning mahsuli, uni aks ettiruvchi shartli simvollardir. Punktogrammalar ohang ohangga qarab qo’yiladi. Matn har bir gapning mazmun va grammatik, intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib o’qila-di. Punktogrammalarning to’g’ri yoki noto’g’ri qo’yilganligini gap mazmuni boshqaradi, "Tinish belgilariga rioya qilib o’qish" iborasi ham, "Deyarli barcha tinish belgilari "o’qiladi" (A.M.Peshkovskiy), deyilgan fikrlar ham tinish belgilari to’g’ri qo’yilgan normal matnlarga nisbatan aytilgandir.
O’zbek tilida ham punktogrammalarni qo’llashning o’z asoslari va shartlari mavjud. Tinish belgilarining qo’llanishida: 1) gapning tuzilishi, 2) mazmuni, 3) ohangi asos qilib olinadi. Tinish belgilarining o’rni va vazifasini belgilashda mana shu uch xil hodisa alohida-alohida emas, balki ularning bir bugunligi nazarda tutiladi. Chunki bular o’zaro bog’langan bir hodisaning uch tomoni – uch xususiyatidir. Nutqning tuzilishi, mazmuni, ohangi o’zaro zich bog’langan bo’lib, har qanday gapda shu uch xususiyat mujassamlashgan bo’ladi. Masalan, Opalar, singillar! Bu savollar majlisda berilsin! (A.Q.) gapi: 1) tuzilishi jihatidan sodda, 2) buyruq bilan birga emotsiya, murojaat ifodalangan, unda gap bilan grammatik bog’lanmagan so’zlar (opalar, singillar) bor, 3) ko’ta-riluvchi ohangi ohangga ega.

Yüklə 146,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə