2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy



5-MAVZU. XIX ASRDA QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIKNING 
VUJUDGA KELISHI.
VILGELM FON GUMBOLDT TA‟LIMOTI.
Reja: 
1. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi.
2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. 
3. F. Bopp, R. Rask, A.X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari.
4. Vilgelm fon Gumboldtning tarixiy-falsafiy qarashlari. 
1. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi 
XVIII asrgacha til o„zgarmas hodisa deb hisoblangan. Aynan mana shu 
asrdan boshlab tilga bunday qarash o„zgardi. XVIII asrning diqqatga sazovor 
eng katta xizmati shunda bo„ldiki, u tilga o„zgaruvchan, rivojlanuvchan 
hodisa sifatida baho berdi. Aniqrog„i, ushbu davrda Sharl de Bros, Jan-Jak 
Russo, Monboddo, Adam Smit, Pristli, Gerder va boshqalar tillarning tarixiy 
taraqqiyoti g„oyasini qo„llab-quvvatlardilar va uni rivojlantirdilar.
XIX asrning birinchi choragida til sohasidagi kuzatishlar va ular asosida 
kelib chiqqan jiddiy fikrlar faktlarni yig„ish, ularga e‟tibor berish g„oyasidan 
qiyosiy-tarixiy g„oya – nuqtai nazarga o„tishga o„tildi. Tilshunoslikka alohida 
fan sifatida qarash g„oyasi ushbu nuqtai nazarlarning o„zgarishiga sabab 
bo„ldi. Aslida tillar o„rtasida o„xshashlik borligi XIX asrdan ancha oldin 
ayrim aniqlangan bo„lsa-da, ammo uzoq vaqtlar davomida ushbu 
o„xshashlikning sabablari ilmiy jihatdan yoritib berilmagan, asoslab 
berilmagan edi. XIX asrning boshlariga kelib, turli mamlakatlardagi ayrim 
tilshunoslar deyarli bir vaqtda bir qancha tillar o„rtasidagi sistematik 
o„xshashlikni faqatgina ularning qarindoshligi bilan – bir umumiy qadimiy 
bobotildan kelib chiqqanligi bilan, keyinchalik esa har biri alohida, mustaqil 
rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga kelishdi.
Shuningdek, tillar o„rtasida o„xshashlik mavjudligi g„oyasining 
maydonga kelishida fanga tarixiy yondashishning yuzaga kelishi til hodisalari 
tarixiylik 
nuqtayi 
nazaridan 
izohlana 
boshlanganligi, 
tilshunoslikka 

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə