2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari


 F. Bopp, R. Rask, A.X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy

3. F. Bopp, R. Rask, A.X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari 
Frans Bopp (1781-1867) buyuk nemis tilshunosi-sanskrit mutaxassisi
Berlin universiteti professori. U 1816-yilda «Sanskrit tilining tuslanish 
sistemasi va uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga 
qiyoslash» asarini yozdi.
F.Bopp qayd etilgan tillarda mavjud grammatik shakllarni – tuslanish 
formalarini qiyoslash asosida ushbu tillar o„rtasidagi umumiylikni
o„xshashlikni ochib berdi. U qiyoslash metodi bilan qiyoslanayotgan tillarning 
dastlabki holatini, ko„rinishini tiklash mumkin, degan fikrni ilgari surdi. 


Shunga ko„ra 1816-yil to„liq ma‟noda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning 
tug„ilish-yaratilish yili deb e‟tirof etiladi.
F. Boppning kashfiyoti, yangiligi nimada? Yuqorida aytilganidek, 
ko„pgina olimlar V. Djons, Fr. Shlegel kabilar hind-Yevropa tillari bir 
bobotildan kelib chiqqan, qarindosh tillar oilasini tashkil qiladi, degan fikrni 
aytishgan.
F. Boppning xizmati shundaki, u qarindosh tillarning materiallari 
asosida sistemaga asoslangan, sistema xarakteridagi umumiy nazariyani qurib 
berdi. U fe‟llarning qo„shimchalarini qiyoslab, hayratlanarli darajaga keldi. 
Ya‟ni, ma‟lum bo„ldiki, hind-Yevropa tillarida nafaqat alohida o„xshash 
hodisalar mavjud, balki ushbu tillarda o„zaro o„xshashlikning, o„zaro 
muvofiqlikning butun bir sistemasi – grammatik sistemalarning umumiyligi, 
o„xshashligi mavjudligi aniqlandi. F. Bopp uchun tillar o„rtasidagi o„zaro 
muvofiqlik faqat vosita edi, xolos. Maqsad esa boshqa. Ya‟ni qiyoslanayotgan 
tillardagi grammatik shakllarning eng qadimiy, dastlabki ko„rinishini – 
shaklini ochib berish jarayonida bir tilga xos hodisani boshqa til faktlari 
yordamida yoritish, tushuntirish edi. Anig„i muayyan tilga oid shakllarni (so„z 
formalarini) boshqa tildagi shakllar (so„z formalari) orqali tushuntirish
izohlash edi. Ushbu nuqtai nazar F. Bopp tadqiqotlarining yangiligidir. U shu 
bilan qiyosiy-tarixiy metodning asosini yaratdi.
F. Bopp 1833-1852-yillarda uch tomdan iborat bo„lgan «Sanskrit, zend, 
arman, grek, lotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy 
grammatikasi» nomli asosiy asarini e‟lon qildi. Bu asarda sanskrit tiliga 
asoslangan holda ayrim grammatik formalarning taraqqiyotini va ularning 
dastlabki manbalarini aniqlash mumkin, degan fikrni ilgari surdi.
F. Bopp o„z ta‟limoti, asarlari bilan o„sha davrda ma‟lum bo„lgan barcha 
hind-Yevropa tillarining qarindoshligini isbotlab berishga erishdi. Uning 
izlanishlaridan hali u davrda ochilmagan, noma‟lum bo„lgan xet, toxar kabi 
tillargina chetda qoldi. F. Bopp tilshunoslikka hind-Yevropa tillari degan 
terminni ham olib kirdi. U o„z tadqiqotlarida, asosan, morfologiya bilan 
shug„ullandi, fonetika, sintaksis – gap shakllari, qo„llanishi, gap tuzilishi kabi 
masalalarga e‟tibor bermadi.
F. Bopp tillarning qarindoshligi masalasida ham jiddiy xatolarga yo„l 
qo„ydi. U kichik Polineziya va janubiy Kavkaz tillarini ham asossiz ravishda 
hind-Yevropa tillariga kiritdi.

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə