2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy

Rasmus Rask
F. Bopp bilan deyarli bir vaqtda, ammo unga mutlaqo bog„liq bo„lmagan 
holda hind-Yevropa tillarining qiyosiy-tarixiy tadqiqi bilan daniyalik buyuk 
tilshunos prof. Rasmus Xristian Rask ham shug„ullandi.


R. Rask 1811-yilda «Island tili bo„yicha qo„llanma» nomli birinchi 
ishini e‟lon qildi. Ushbu tadqiqotidayoq F. Boppdan ham oldin grammatik 
ko„rsatkichlarni, ayniqsa, qo„shimchalarni qiyoslashning muhimligini aytib 
o„tdi. Ayni vaqtda u, Bopp g„oyalarini to„ldirgan holda, leksik qiyoslashga 
ham katta ahamiyat berdi va bu jarayonda dastavval eng zaruriy tushunchalar, 
hodisalar va predmetlar bilan bog„langan leksikani hisobga olinishini to„g„ri 
ta‟kidladi.
1818-yilda R. Raskning «Qadimgi shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki 
island tilining kelib chiqishi» nomli asosiy asari e‟lon qilindi. U tadqiqotda 
german, litva, slavyan, lotin va grek tillarining qarindoshligini isbotlab berdi.
Ushbu asarning 2-qismi «Frakiy tili haqida» nomi bilan 1822-yilda 
nashrdan chiqdi. Ishda island tilining o„rnini belgilagan holda uning got tillari 
guruhiga va frakiy (grek va lotin) tillariga bo„lgan munosabatini o„rganadi.
R. 
Rask 
asarlarida 
so„zlarning 
o„z ma‟nolarini o„zgartirishi 
mumkinligiga e‟tibor beradi. Shuningdek, tub va o„zlashgan so„zlarning 
o„ziga xos xususiyatlarini qayd etadi, lisoniy hodisalarni tadqiq qilishda so„zni 
mukammal morfologik tahlil qilish lozimligini tavsiya qiladi.
U boltiq tillari slavyan tillari bilan mahlum bog„liqlikka ega bo„lsa-da, 
ammo ayni tillar hind-Yevropa tillarining mustaqil shahobchasi, tarmog„i 
hisoblanadi, degan haqqoniy fikrni birinchi bo„lib ilgari suradi.
R. Rask, F. Boppdan farqli, hind-Yevropa tillarini boshqa til oilalari 
(masalan, kavkaz-yafetik tillari va Indoneziya tillari) bilan qorishtirmaydi. 
Shuningdek, u o„z tadqiqotlarida sanskrit tiliga murojaat qilmaydi.
Xullas, R. Rask tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy metodning va 
germanistika fanining asoschilaridan biri sifatida faxrli o„rinni egallaydi.

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə