2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy

 
Yakob Grimm
Mashhur nemis tilshunosi Yakob Grimm (1785-1863) qiyosiy-tarixiy 
metod yordami bilan german tillarini tadqiq qildi. Ya. Grimmning to„rt 
tomdan iborat 
«Nemis grammatikasi»
asari tilshunoslik tarixida muhim o„rin 
tutadi. U ushbu salmoqli asarida nemis tili tarixiy grammatikasini boshqa 
barcha german tillari bilan qiyoslagan holda beradi.
Asar 1-tomining birinchi nashri 1819-yilda, mazkur tomning butunlay
tubdan o„zgargan ikkinchi nashri 1822-yilda chop etiladi. Ayni tomdan 
german tillarining tarixiy fonetikasi hamda german tillaridagi undoshlarning 
siljishi, «ko„chish» qonuni o„rin olgan. Ya‟ni Ya. Grimm (R. Rask, Ya. 
Bredsdorflar kabi) undoshlarning siljishini isbotlab beradi. Masalan, hind-
Yevropa tillarining nafas tovushlari (yoki nafas bilan aytiladigan tovushlar) 
yoki portlovchi undoshlar bh, dh, gh – german tillaridagi b, d, g tovushlariga 
o„zgargan-siljigan, ko„chgan yoki hind-Yevropa tillariga oid b, d, g – german 


tillarida r, t, k ga; hind-Yevropacha r, t, k – germancha f, th, h ga siljigan, 
ko„chgan, o„tgan.
Ushbu jarayon fonetik qonunlarning tan olingan dastlabki, birinchi 
namunasi edi. «Nemis grammatikasi» asarining barcha tomlari 1837-yilda 
yakunlandi.
Ya. Grimmning 
«Nemis tili tarixi»
asari esa 1848-yilda e‟lon qilinadi. 
U jamiyat tarixini o„rganishda tilning asosiy, eng muhim manba ekanligini 
aytadi va tilni u yoki bu xalqning madaniy-tarixiy taraqqiyotining mahsuli deb 
hisoblaydi. Shunga ko„ra Ya. Grimm «Bizning tilimiz bizning tariximizdir» 
degan g„oyani ilgari suradi. Haqiqatan ham, Ya. Grimm ushbu asarida: 
«Xalqlar haqida suyaklar, qurollar va mozorlarga qaraganda jonliroq guvoh 
bor. Bu tildir» - deydi.
Ya. Grimm 
«Nemis lug„ati» 
asarida (birinchi tomi 1854-yilda, oxirgi 
tomi 1960-yilda e‟lon qilindi) nemis shoiri Lyuterdan tortib Gyotegacha 
bo„lgan nemis tili leksikasini qamrab olishga harakat qildi.

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə