2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari


 Vilgelm fon Gumboldtning tarixiy-falsafiy qarashlari



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy

 
4. Vilgelm fon Gumboldtning tarixiy-falsafiy qarashlari 
Germaniyaning eng buyuk olimlaridan biri bo„lgan Vilgelm fon 
Gumboldt (1767-1835) har tomonlama bilim sohibi edi. U tilshunoslik, 
adabiyot nazariyasi, falsafa, davlat huquqi, siyosat va diplomatik faoliyat 
bilan shug„ullanadi, Berlin universitetining asoschisi hamda davlat arbobi 
hisoblanadi. 
Vilgelm fon Gumboldtning tilga oid bilimi nihoyatda keng bo„lib, ulkan 
olim nafaqat hind-Yevropa tillarini bilar, balki dunyoning boshqa tillari – 
bask tilidan tortib, Amerikaning kichik Polineziya va mahalliy aholisining 
(hindular) tillari haqida ham chuqur bilimga, ma‟lumotga ega edi. 
Vilgelm fon Gumboldt asarlari, g„oyalari, konseptsiyalari bilan umumiy 
nazariy tilshunoslikka asos soldi. Buyuk olim tilshunoslikning, idealistik 
ruhda bo„lsa-da, qator eng muhim va murakkab muammolarini hal qilib berdi, 
ta‟limotlar yaratdi. Shu tufayli u jahon tilshunosligining keyingi taraqqiyotiga 
juda katta ta‟sir ko„rsatdi. 
Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo„lgan F. Bopp uni 
hurmat bilan tilga olsa, G. Shteyntal, A. Shleyxer, K. Fosler, A. Pott, 
G. Kursius, A. Potebnya, B. de Kurtene kabi taniqli va mashhur tilshunoslar 
o„zlarini uning shogirdi deb hisoblaganlar. 
Agar F. Bopp umumiy, nazariy g„oyalardan, qarashlardan chetlashib, 
asosan, faktlar yig„ish, ularni qiyoslash, ular orasidagi munosabatlarni
bog„liqliklarni aniqlash bilan shug„ullangan bo„lsa, Vilgelm fon Gumboldt 
nazariy, falsafiy g„oyalar bilan, tilning ilmiy nazariyasini yaratish bilan 
mashg„ul bo„ldi. Aniqrog„i, Vilgelm fon Gumboldtning tilshunoslikdagi 
ahamiyati, o„rnini I.Kant va Gegellarning jahon falsafasi taraqqiyotiga 
ko„rsatgan ta‟siri bilan qiyoslash mumkin. 


Gumboldtning umumiy tilshunosligini til falsafasi deb aytish mumkinki, 
bu falsafa eng oliy lisoniy umumlashmalarni va uzoq davrlarda ham 
tilshunoslik rivojiga jiddiy ta‟sir ko„rsatadigan xulosalarni qamrab oladi. 
Gumboldt til falsafasini tiklab, uning obro„-e‟tiborini ko„tardi va ayni 
falsafaga butunlay yangi yo„nalish berdiki, bu yo„nalish qiyosiy-tarixiy metod 
bilan zich bog„langan holda, uning asosida yuzaga keldi. Aniqrog„i, 
Gumboldtgacha bo„lgan nazariyalar bo„sh, mustahkam asosga ega bo„lmagan, 
shunchaki, yuzaki nazariyalar edi. Gumboldt esa tilning ilmiy nazariyasini, til 
falsafasini til hodisalariga qiyosiy-tarixiy metodni qo„llash asosida qurdi
yaratdi. Natijada uning ta‟limoti, lisoniy qarashlari tilshunoslik fanining 
taraqqiyotiga uzoq yillar davomida samarali xizmat qildi. 
Gumboldt 1820-yilda Berlin akademiyasida 

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə