2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy

«Tillar taraqqiyotining 
turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o„rganish haqida»
degan mavzuda 
ma‟ruza qiladi. Ushbu mavzudagi ma‟ruza uning tilga oid dastlabki tadqiqoti 
bo„lib, muallif unda til haqida alohida, mustaqil fan yaratish zarurligi 
g„oyasini o„rtaga tashlaydi va uni asoslab beradi. 
Shuningdek, olim ma‟ruzasida qarindosh va qarindosh bo„lmagan 
tillarning tipologik-qiyosiy grammatikasini yaratish tarafdori bo„lib chiqadi. U 
o„zigacha bo„lgan, ya‟ni har bir tilning o„ziga xosligini, mustaqilligini tan 
olmaydigan, barcha dunyo tillarini tayyor mantiqiy jadvallarga majburan 
kiritishga intiluvchi deduktiv umumiy grammatikani 
Por-Royal 
grammatikasini inkor qiladi. Gumboldt turli tillardagi aynan bir tushunchani – 
fikrni ifoda etishning, yetkazishning turlicha usullarini aniqlashga intiladi. 
Gumboldt hayotining oxirgi yillarida o„zining eng muhim uch tomli 
«Yava orolidagi kavi tili haqida»
nomli salmoqli asari ustida ish olib boradi. 
Bu asar uning vafotidan so„ng akasi A. Gumboldt tomonidan 1836-1840-
yillarda nashr qilindi. 
Vilgelm fon Gumboldtning qayd etilgan tadqiqotlarining bevosita 
nazariya bilan bog„liq kirish qismi nihoyatda katta ahamiyatga egadir. 
Ishning kirish qismi 
«Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson 
naslining ma‟naviy taraqqiyotiga ta‟siri»
deb nomlanib, turli tillarga 
tarjima qilindi. 1859-yilda rus tiliga o„girildi. 
Gumboldt aynan mana shu asarida, ayniqsa, uning kirish qismida 
o„zining tilga bo„lgan nazariy-falsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi. 
U tadqiqotlarida tilga aloqa vositasi sifatida, predmetlarni anglatish 
vazifasini bajaruvchi sifatida baho berdi. Ayni vaqtda olim tilning murakkab 
o„zaro qarama-qarshi xususiyatlardan iborat ko„p jihatli hodisa ekanligini 
qayd etadi. 
Gumboldt tilni mukammal o„rganishda, unga xos belgi-xususiyatlarni
boshqa hodisalar bilan aloqasini, o„ziga xosligini aniqlash va ochishda 


antinomiya
metodini, ya‟ni o„zaro zid, qarama-qarshi qo„yish usulini 
qo„llaydi. U ushbu usul orqali tilga xos xususiyatlarni, uning eng muhim 
jihatlarini birma-bir bayon etadi. Shuningdek, til nazariyasi haqidagi 
mukammal ta‟limotlarni, g„oyalarni yaratadiki, bu ta‟limot va g„oyalar 
nazariy tilshunoslikning taraqqiyotida yangidan yangi qarashlarni ochishda 
xizmat qildi. Til va tilga yondosh hodisalarning, til bilan bevosita aloqador, 
bog„liq jarayonlarning o„zaro dialektik munosabatda ekanligi ma‟lum bo„ldi. 
Xullas, Gumboldtning tilni o„rganish jarayonida belgilagan, qayd etgan 
antinomiyasi – til hodisalariga dialektik zidlik asosida yondashishi jahon 
tilshunosligi lisoniy tafakkur taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega bo„ldi. 
Gumboldtning til antinomiyasi (o„zaro zidligi va birligi) quyidagilarda 
namoyon bo„ladi: 
1. 

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə