2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari


romantizm g„oyalarining ta‟siri, ya‟ni jonli tillarning o„tmishini o„rganishga  undash g„oyasi hamda  sanskrit



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy

romantizm
g„oyalarining ta‟siri, ya‟ni jonli tillarning o„tmishini o„rganishga 
undash g„oyasi hamda 
sanskrit
(qadimgi hind adabiy tili) bilan yaqindan 
tanishish kabilar tillar o„rtasidagi o„xshashlikni ularning qarindoshligiga ko„ra 
izohlash mumkinligiga olib keldi.
Tillarni tarixiy jihatdan o„rganish va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning 
maydonga kelishida Bengaliyada xizmat qilgan ingliz sharqshunosi va 
huquqshunosi 
Vilyam Jons
ning (1746-1794) sanskrit tili bilan yunon va lotin 
tillari o„rtasida yaqinlik borligi haqidagi fikrlari, nemis olimi 
Fridrix Shlegel 


(1772-1829) tomonidan yaratilgan 
“Hindlarning tili va donoligi” 
asari 
zamin bo„lib xizmat qildi. Ushbu asarda sanskrit tilining nafaqat lug„at tarkibi 
jihatidan, balki grammatik tuzilishi jihatidan ham lotin, grek, german va fors 
tillariga qarindosh ekanligi, ularning bir umumiy asosdan kelib chiqqanligi 
qayd etilgan edi. Bu juda ko„p jonli va qadimiy tillarni tarixiy va qiyosiy 
jihatdan o„rganilishiga va qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishiga, ayni paytda 
tilshunoslik fanining ham tarixiy, ham ilmiy-tarixiy nuqtai nazardan 
mustahkam asosga ega bo„lishiga olib keldi.
Demak, tillarni qiyosiy nuqtai nazardan tadqiq qilish, ularga tarixiylik 
nuqtayi nazardan yondashish kabilar komparativistika, ya‟ni qiyosiy-tarixiy 
tilshunoslikning maydonga kelishiga, tilshunoslikning alohida, mustaqil fan 
sifatida qat‟iy tan olinishiga zamin yaratdi. Ushbu jarayonda qiyosiy-tarixiy 
metodning yaratilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo„lib, qiyoslash tillarni 
o„rganishda usul, vosita sifatida, tillarga tarixiylik nuqtayi nazaridan 
yondashish esa tadqiqotning prinsipi (bosh g„oyasi, maqsadi) sifatida 
namoyon bo„ldi.
Ta‟kidlash 
kerakki, 
qiyosiy-tarixiy 
metodning 
ochilishigina 
tilshunoslikning fan sifatida tan olinishiga, boshqa fanlar qatoridan 
mustahkam o„rin egallashiga olib keldi, chunki mana shu metodgina til 
haqidagi fanga chinakam, haqiqiy ilmiylik g„oyasini berdi, ilmiylik ruhini 
kiritdi. Qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi bilan tilshunoslik ham tarixiy
ham ilmiy-nazariy jihatdan mustahkam asosga ega bo„ldi.
Qiyosiy-tarixiy metod ilmiy-tekshirish usullarining muayyan sistemasi 
bo„lib, o„z oldiga qarindosh tillarni qiyosiy o„rganish orqali, u yoki bu tilning 
tarixini, undagi o„zgarishlarni, lisoniy hodisalarning mohiyatini, uning 
taraqqiyotidagi qonuniyatlarni ko„rsatib berish, tushuntirib berish vazifasini 
o„rtaga qo„yadi.

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə