2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari


 Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy

 
2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari 
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davri va qiyosiy-tarixiy 
metodning yaratilishida Mahmud Koshg„ariy, Vilyam Djons, Fridrix Shlegel 
kabi olimlarning xizmatlarini ham inkor qilib bo„lmaydi. Ular qiyosiy-tarixiy 
metodning yaratilishiga juda yaqinlashishdi, aytish mumkinki, mustahkam 
zamin yaratib berishdi. Ammo qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi asosan 
Frans Bopp, Rasmus Rask, Yakob Grimm, Aleksandr Vostokov kabi 
olimlarning izlanishlari, xulosalari nihoyatda katta bo„ldi. Ular ijodkor 
(novator) tilshunoslar sifatida maydonga chiqdilar va komparativistikaning 
yuzaga kelishiga sabab bo„ldilar. Buning boshlanish nuqtasi, qayd etilganidek, 
qadimgi hind tili – sanskrit bilan tanishish va Yevropa tillarini ushbu til bilan 


qiyosiy 
o„rganishdan 
boshlanib, 
keyinchalik 
tilshunoslikda 
turli 
ta‟limotlarning yuzaga kelishiga olib keldi.
Umuman, XIX asr tilshunoslikda muhim o„zgarishlar, burilishlar yuz 
bergan hamda tilga yangicha yondashishga turtki bergan, tilshunoslik fanining 
mustaqil fan sifatida e‟tirof etilishiga olib kelgan davr hisoblanadi. Ushbu 
davr tarixiy jihatdan to„rt davrni o„z ichiga oladi:
1.Qiyosiy-tarixiy 
metodning 
yaratilishidan 
to 
yosh 
grammatikachilargacha bo„lgan davr (XIX asrning birinchi choragi-1870).
2. Yosh grammatikachilar davri (1870-1890).
3. Yosh grammatikachilar davridan to Ferdinand de Sossyurning 
«Umumiy tilshunoslik kursi» asari va xet yozma yodgorliklarini o„qib, 
mahnosini ochib berishgacha bo„lgan davr (XIX asrning oxiri va XX asrning 
ikki o„n yilligi).
4. Ferdinand de Sossyur g„oyalaridan bizning davrimizgacha bo„lgan 
davr.
Birinchi davr
ning o„zi 2 bosqichdan iborat bo„lib, 1-bosqichda qiyosiy-
tarixiy metod yaratilgan bo„lsa, 2-bosqichda umumiy tilshunoslik faniga asos 
solindi. Ushbu davr qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi, ochilishi va 
umumiy tilshunoslik fanining asoslanishi bilan xarakterlanadi. XIX asrning 
ikkinchi o„n yilligining o„rtalaridan to„rtinchi o„n yillikning oxirlarigacha 
bo„lgan vaqtni o„z ichiga oladi. 
XVII asr tilshunoslari ratsionalistlarning “aql inson faoliyatida yetakchi 
rol o„ynaydi”, degan fikrini olib, uni tilga tadbiq qilganlar, ya‟ni aqlga, 
mantiqqa aloqador bo„lgan qonuniyatlarni tilga nisbatan qo„llaganlar. Shuning 
uchun Por-Royal tadqiqotchilari tadqiqot ishlarini fransuz tilini tavsiflashdan 
boshlagan bo„lsalar ham, o„z fikrlarini dalillashda grek, lotin, hatto qadimgi 
yahudiy tili dalillariga ham murojaat qilganlar. XVII-XVIII asrlar davomida 
“ratsional” va “universal” grammatikalarning bir necha variantlari yaratilgan 
bo„lib, ular falsafiy, mantiqiy grammatika deb ham yuritilgan. Ularning 
fikricha, gap mantig„ida universal grammatikaning falsafiy asosi bo„lgan 
ratsionalizm mavjud (ratsionalizm – aql).

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə