2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari


Aleksandr Xristoforovich Vostokov



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy

Aleksandr Xristoforovich Vostokov
Taniqli rus tilshunos olimi, akademik (1841) A.X. Vostokov (1781-
1864) tug„ma soqov bo„lib, Sankt-Peterburgdagi Rumyansev muzeyi 
kutubxonasiga boshchilik qilgan.
A. Vostokov slavyan tili materiallari asosida tadqiqot ishlarini olib 
boradi. U, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri 
hisoblanadi. Olim 
«Slavyan tili haqida mulohazalar»
(1820), 
«Rus 
grammatikasi»
(1831), 
«Viloyat buyuk rus tili tajribasi»
(1852) 
«Cherkov 
slavyan tili lug„ati»
(1858-1861) kabi qator e‟tiborga loyiq ishlarni yaratdi.
A. Vostokov tadqiqotlari yangi boy faktik materiallarga asoslangan 
bo„lib, slavyan tilining taraqqiyotiga katta ta‟sir ko„rsatdi. Shuningdek, 
qiyosiy-tarixiy metodning qat‟iy qaror topishiga ham imkon yaratdi.
A. Vostokovning 1820-yilda e‟lon qilgan 
«Slavyan tili haqida 
mulohazalar»
maqolasi unga katta shuhrat keltirdi. Olim bu asarida slavyan 
filologiyasiga oid masalalarga to„xtalib, hind-Yevropa tillarining slavyan 
tillari oilasiga mansub rus tilining eski slavyan, polyak va serb tillariga 
bo„lgan munosabatini aniqlaydi, izohlaydi. A. Vostokovning qayd etilgan 
maqolasi tarixiy fonetika sohasidagi dastlabki ish hisoblanadi.
A. Vostokov 1842-yilda 
«Rumyantsev muzeyidagi rus va slavyan 
qo„lyozmalarining tasviri»
nomli ko„p yillik mehnatining natijasini e‟lon 
qiladi. Ushbu tadqiqotida eski slavyan tilining shahobchalari bo„lgan bolgar, 
serb, rus va janubiy rus (ukrain) tillarini izchillik bilan farqlaydi. Bu esa 
amaliyotda eski slavyan tilining taraqqiyoti va undagi o„zgarishlarni 
davrlashtirishga, ya‟ni qadimgi (IX-XIV), o„rta (XV-XVI) va yangi davrlarga 
bo„lishga imkon beradi.


A. Vostokov slavyan tillariga tarixiylik nuqtai nazardan yondashishni ilk 
bor boshlab bergan olimdir. U tarixiy prinsipga amal qilgan holda eski 
slavyan tilidagi burun unlilarini aniqlaydi, ayrim harflarning talaffuzini 
belgilaydi, so„z turkumlarining (masalan, sifat, ravishdoshlarning) paydo 
bo„lish vaqti bilan bog„liq ayrim fikrlarni bayon qiladi.
Xullas, Rossiyada qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar, slavyan tillari oilasiga 
mansub tillarni o„rganish, ayni tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq 
qilish, ularni davrlashtirish kabilar dastavval akademik A.X. Vostokov nomi 
bilan bog„liqdir.
Hind-Yevropa tillarini qiyosiy-tarixiy o„rganishning birinchi davri
aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik 
fanining asoslanishi bo„ldi.

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə