2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy

Nutq va tushunish antinomiyasi
. Til va nutq antinomiyasiga 
bevosita aloqada bo„lgan ushbu dialektik bog„liqlikda, «birlikda» nutq va uni 
tushunish, aslida, til faoliyatining turli shakllaridir, nutqiy faoliyatning ikki 
tomonidir. Ya‟ni so„zlar individ nutqidagina – nutq faoliyatidagina muayyan 
aniqlikka, ma‟noga ega bo„ladi. Nutq tashqi, bevosita ta‟sir qiluvchi, moddiy 
faoliyat bo„lsa, nutqni tushunish esa ichki, ruhiy faoliyatdir. 
5. 
Til holati va taraqqiyoti antinomiyasi
. Tilning statikligi 
(turg„unligi) 
va 
dinamikligi 
(harakatchanligi) 
antinomiyasi. 
Til 
taraqqiyotining 
tugallanganligi 
va 
til 
taraqqiyotining 
to„xtovsizligi 
antinomiyasi. Til tugal tashkil topgan va ayni vaqtda doimiy rivojlanayotgan 
hodisa, jarayondir. Har bir avlod tilni tayyor holda oldingi avloddan qabul 
qiladi. Bu jihatdan til tayyor holdagi – tashkil topishiga ko„ra tugallangan 
hodisadir. Shuningdek, til doimo ijodiy, taraqqiyotdagi, yangilanishdagi, 
«o„sishdagi», yangi - yangi birliklarning, shakllarning paydo bo„lishidagi 
«qaynayotgan» jarayondir. 
6. 
Tildagi obyektivlik va subyektivlik antinomiyasi
. Til obyektiv, ayni 
vaqtda subyektivdir. Til o„zining haqiqiy «hayotini» insonlar orasida 
qo„llanishidagina topsa-da, ammo uning mavjudligi, «hayotiyligi» alohida 
shaxslarga bog„liq emas. U jamiyatning aloqa quroli sifatida obyektiv mavjud. 
Til bir vaqtning o„zida insonga ham bog„liq, ham bog„liq emas. Bir tomondan 
inson tilni an‟anaga ko„ra qabul qilsa, o„zlashtirsa - obyektiv ravishda, 
ikkinchi tomondan, uning o„zi doimo tilni yaratadi, yangidan «quradi», barpo 
qiladi. Har gal individ nutqida til birliklari, vositalari, til «xom ashyosi»
harakatga keladi, jonlanadi – subyektiv ravishda.
7. 
Fikrni 
obyektivlashtirish 

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə