Stenokardiya



Yüklə 65,12 Kb.
səhifə1/9
tarix27.12.2023
ölçüsü65,12 Kb.
#163833
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
STENOKARDIYA


STENOKARDIYA
Stenokardiya (qad.-yun. στενός — «tor, kichik, zaif» + καρδία — «yurak») (eskicha lot. angina pektoris) — bu to’sh ortida noqulaylik (diskomfort) sezilishi yoki hissi bilan tavsiflanadigan klinik sindrom, YIK`ning bir shakli. Og’riq jismoniy zo’riqish yoki emotsional stressda, ovqatlanishdan so’ng to’satdan paydo bo’ladi, odatda chap yelka, bo’yin, pastki jag’, kuraklar orasiga, chap kurak osti sohasiga irradiatsiyalanadi va 10-15 daqiqada davom etadi. Og’riq jismoniy faollik to’xtatilganda yoki qisqa ta’sir ko’rsatadigan nitrat qabulidan so’ng (masalan, til ostiga nitroglitserin solish) yo’qoladi. Stenokardiyaning klinik ko’rinishi birinchi bo’lib Uilyam Xeyden tomonidan tasvirlangan.

EPIDEMIOLOGIYA


Stenokardiyaning tarqalganligi har ikkala jins orasida yosh o’tishiga qarab ortib boradi: 45-54 yoshlilar orasida stenokardiya kuzatilishi hollari 2-5 foizni tashkil etsa, 65-74 yoshlilarda bu 10-20 foizga yetadi. Ko’pgina Yevropa mamlakatlarida, har yili 20 mingdan 40 minggacha yangi stenokardiyali bemorlar paydo bo’ladi.

YURAKNING ISHEMIK KASALLIKLARI TASNIFI


So’nggi yigirma yil davomida kardiologik amaliyotda YIK (JSST, 1979-yil) tasnifining TFA UKIM (Tibbiyot Fanlari Akademiyasining Umumittifoq Kardiologik Ilmiy Markazi) tomonidan adaptatsiyalantirilgan tasnifi (1983) keng qo’llanilmoqda. Ushbu tasnif beqaror stenokardiyaning uch shaklini ajratishni taklif etadi.

JSST EKSPERTLARI GURUHINING TASNIFI (1979)


1979 yilda JSST ekspertlar guruhi quyidagi tasnifni taklif qildi:

  • Zo’riqish stenokardiyasi

    • Birinchi bor paydo bo’lgan

    • Barqaror (funktsional sinfni ko’rsatgan holda)

    • Progressiv

  • Tinch holat stenokardiyasi (variantli, spontan), unda maxsus shakli — Printsmetal stenokardiyasini ajratgan holda.

TFA UKIM SSSR TOMONIDAN BERILGAN YIK KLINIK TASNIFI


  1. Yurakning to’satdan o’limi (birlamchi yurak to’xtashi).

  2. Stenokardiya:

    1. Beqaror stenokardiya (birinchi bor yuzaga kelgan, progressiv, Printsmetal, infarkt oldi holati — uzoq vaqt davom etadigan anginoz xuruj).

    2. Barqaror stenokardiya (I dan IV gacha bo’lgan funktsional sinf ko’rsatilishi bilan).

  3. Miokard infarkti:

    1. Yirik o’choqli (transmural).

    2. Kichik o’choqli.

  4. Postinfarktli kardioskleroz.

  5. Yurak yetishmovchiligi (shakli va bosqichi ko’rsatilgan holda).

  6. Yurak ritmining buzilishi (shakli ko’rsatilgan holda).

  7. Og’riqsiz miokard ishemiyasi .

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə