Stenokardiya



Yüklə 65,12 Kb.
səhifə7/9
tarix27.12.2023
ölçüsü65,12 Kb.
#163833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
STENOKARDIYA

NITRATLAR


Hozirgi vaqtda ushbu guruhdagi 3 dori turi ishlatiladi: nitrogliserin, izosorbid dinitrat va izosorbit mononitrat. Ushbu dorilar belgilanganida, nitratlar qisqa ta’sirli (<1 soat), o’rtacha uzoq (< 6 soat) va uzoq ta’sir etuvchi (6-24 soat) dori shakllariga tasniflanishi haqida unutmaslik kerak.
I funktsional sinf zo’riqish stenokardiyasida qisqa ta’sirli nitratlar (nitroglitserin yoki izosorbid dinitrat tabletkalari, kapsulalari yoki aerozoli) belgilanadi, stenokardiyani oldini olish uchun ular kutilayotgan jismoniy faollik boshlanishidan 5-10 daqiqa oldin qabul qilinadi. Agar stenokardiya xuruji qisqa ta’sir qiluvchi nitratlar bilan qoldirilmasa, miokard infarkti yoki kelib chiqishi yurakka bog’liq bo’lmagan og’riqdan shubha qilish kerak.
II funktsional sinf zo’riqish stenokardiyasida qisqa ta’sir ko’rsatadigan nitratlardan tashqari, o’rtacha muddat ta’sirli dori shakllaridan foydalanish mumkin.
III funktsional sinf zo’riqish stenokardiyasida izosorbit mononitrat (uzoq muddatli ta’sir qiladigan) buyuriladi. Bu preparat kun davomida 5-6 soatlik tanaffuslar bilan (odatda tunda) doimiy qabul qilinadi, tanaffus nitratlarga tolerantlikdan qochish uchun kerak
IV funktsional sinf zo’riqish stenokardiyasida stenokardiya xurujlari kechalari ham sodir bo’lishi mumkin. Bunday holda, nitratlarning uzoq ta’sir qiluvchi shakli 24 soatlik ta’sirini ta’minlaydigan qilib belgilanadi va ko’pincha ularga qo’shimcha ravishda boshqa antianginal preparatlar ham buyuriladi.
Nojo’ya ta’sirlari (tomirlarning kengayishi tufayli):

  • Bosh og’rig’i;

  • Yuz giperemiyasi (qizarishi) .

Preparatlarning peredozirovkasi ortostatik gipotenziya va stenokardiya xurujini chaqiradigan taxikardiyani keltirib chiqaradigan simpatik asab tizimining reflektor faollashishiga olib kelishi mumkin.
Nitratlarga tolerantlik uzoq ta’sir qiluvchi shakllari qabul qilinganda rivojlanadi. Ta’sir mexanizmi organik nitratlarga o’xshash bo’lgan molsidomin degan preparat mavjud, unga nisbatan tolerantlik rivojlanmaydi.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə