Stenokardiya


BOSHQA ANTIANGINAL PREPARATLAR



Yüklə 65,12 Kb.
səhifə8/9
tarix27.12.2023
ölçüsü65,12 Kb.
#163833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
STENOKARDIYA

BOSHQA ANTIANGINAL PREPARATLAR


Ular boshqa an’anaviy belgilanadigan dori-darmonlarga tolerantlik bo’lganda qo’shimcha ravishda qo’llaniladi.

  • Nikorandil. Ushbu preparat ham stenozlangan, ham stenozlanmagan tomirlarni kengaytiradi. Kuniga ikki marta, 20 mg dan belgilanadi. Nojo’ya ta’siri bosh og’rig’i bo’lishi mumkin.

  • Ivabradin. Pulsni sekinlshatiruvchi preparat. Boshlang’ich dozirovkasi — kuniga 2 marta 5 mg dan, keyinchalik kuniga 2 marta 7,5 mg dan. Nojo’ya ta’sirlari: ko’p miqdorda qabul qilinganda yorug’lik sezish o’zgarishlari.

  • Trimetazidin. Metabolik preparat, ishemiyada ion buzilishlar rivojlanishini oldini oladi va energetik muvozanatni saqlaydi. Preparatning ta’sir mexanizmi to’liq o’rganilmagan, nojo’ya ta’siri uyquchanlik va zaiflik.

  • Ranolazin. Hujayradan kaltsiy chiqishi potensialini sekinlashtiradi va kardiomiositlarga salbiy ta’sirini kamaytiradi. Kuniga 2 marta 500-1000 mg (uzoq ta’sirli bo’lsa 750-1500 mg) dan qabul qilishda jismoniy faollikka tolerantlikni oshirib, miokard infarkti va stenokardiya xurujlarini kamaytiradi, simptomatik terapiyani to’ldiradi. Nojo’ya ta’sirlari ich qotishi, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi va charchoq.

STENOKARDIYANI XIRURGIK DAVOLASH


Jarrohlik usulida davolash aortokoronar shuntlash (AKSh) yoki ballonli angioplastika va koronar arteriyalarni stentlashni o’z ichiga oladi.
AKSh o’tkazilishida aorta va koronar arteriya o’rtasida aylanib o’tuvchi shunt qo’yiladi. Shunt sifatida autotransplantatlar qo’llaniladi (bemorning o’z venalari va arteriyalari). Eng «ishonchli» si ichki torakal arteriyadan shunt hisoblanadi (mammaro-koronar shuntlash).
Xirurgik davolashning kamroq jarohatlovchi usuli ballonli angioplastika va stentlashdir, uning mohiyati koronar arteriyaning shikastlangan sohasini maxsus ballon bilan kengaytirish va maxsus metall struktura — stent qo’yishdir. Samaradorligi kamligi tufayli, sof shakldagi ballonli vazodilatatsiya (stent qo’ymasdan) bugungi kunda amalda deyarli qo’llanilmaydi. Implantatsiyalanadigan stent «yalang’och» bo’lishi yoki uning yuzasida maxsus preparat — sitostatik bo’lishi mumkin. U yoki bu xirurgik davolash uchun ko’rsatma har bir holatda individual ravishda va koronarografiyadan o’tkazilganidan so’nggina beriladi.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə