Stenokardiya


STENOKARDIYA RIVOJLANISHI SABABLARI



Yüklə 65,12 Kb.
səhifə3/9
tarix27.12.2023
ölçüsü65,12 Kb.
#163833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
STENOKARDIYA

STENOKARDIYA RIVOJLANISHI SABABLARI


Stenokardiya yurakka qon kelishi va uning qonga bo’lgan talabi nomutanosibligida yuzaga keladigan toj (koronar) arteriyalarining o’tkir qon bilan ta’minlanishi yetishmasligi tufayli rivojlanadi. O’tkir koronar yetishmovchilik natijasi miokard infarkti sanaladi, u miokardda oksidlovchi jarayonlarning buzilishi va oksidlanmay qolgan modda almashinuvi mahsulotlari (sut, pirouzum, ko’mir va fosfor kislotasi) va boshqa metabolitlarning ortiqcha to’planib qolishini chaqiradi.
Stenokardiyaning eng keng tarqalgan sababi — koroner arteriya aterosklerozidir. Kamdan-kam hollarda stenokardiya infektsion va infektsion-allergik shikastlanishlar oqibatida rivojlanadi. Stenokardiya xurujlarini hissiy va jismoniy zo’riqish provkatsiya qiladi.
Stenokardiya yuzaga kelishi va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’zgartirsa bo’ladigan va o’zgartirib bo’lmaydigan omillarga ajratiladi.
O’zgartirib bo’lmaydigan omillarga yosh, jins va irsiy moyillik kiradi. O’zgartirsa bo’ladigan omillarga esa quyidagilar:

  • Giperlipidemiya;

  • Semizlik;

  • Gipodinamiya (kamharakatlik);

  • Chekish;

  • Arterial gipertoniya;

  • Anemiya va intoksikatsiyalar;

  • Qandli diabet;

  • Qonning nisbiy yopishqoqligi ortishi;

  • Psixoemotsional stress.

PATOLOGIK ANATOMIYA


Yurak mushagining ma’lum qismiga to’satdan qon kelishi to’xtab qolsa, uning ishemiyasi yuz beradi, undan so’ng nekroz. Keyinchalik, nekroz o’chog’i atrofida granulyatsion to’qima rivojlanishi bilan yallig’lanishli o’zgarishlar shakllanadi.

STENOKARDIYA ALOMATLARI VA BELGILARI


Stenokardiyada bemorlarning aksariyati ko’krak sohasida diskomfort yoki og’riq his qilishadi. Diskomfort odatda bosuvchi, g’ijimlovchi, kuydiruvchi tabiatli bo’ladi. Ko’pincha bunday bemorlar diskomfort maydonini tasvirlashga urinib, ko’kragiga musht yoki ochiq kaftni qo’yadilar. Ko’pincha og’riq chap yelka va chap qo’lning ichki yuzasiga, bo’yinga tarqaladi; kamroq hollarda — chap tarafdagi tishlar, jag’, kuraklar orasiga, shuningdek epigastral sohaga, bunga dipeptik buzilishlar ham hamrohlik qilishi mumkin (jig’ildon qaynashi, ko’ngil aynishi, kolikalar). Juda kam hollarda og’riq faqat epigastral sohada yoki hatto bosh sohasida lokalizatsiyalanishi mumkin, bu tashxis qo’yishni juda qiyinlashtiradi.
Stenokardiya xurujlari odatda jismoniy zo’riqish, kuchli hissiy qo’zg’alish, ortiqcha ovqat iste’mol qilib yuborishda, past haroratli muhitda bo’lish yoki qon bosimining ko’tarilishida boshlanadi. Bunday hollarda yurak mushagi toraygan koronar arteriyalardan o’ta oladigandan ko’ra ko’proq kislorod talab qiladi. Koronar arteriyalarning stenozi, ularning spazmi yoki trombozi bo’lmaganda, yurak mushagining kislorodga bo’lgan talabini oshiradigan jismoniy faollik yoki boshqa sharoitlarga aloqasi bo’lgan ko’krak qafasidagi og’riq, aortal regurgitatsiya yoki displatatsion kardiomiopatiya, gipertrofik kardiomiopatiya, aortal klapan stenozi tomonidan chaqirilgan chap qorinchaning sezilarli gipertrofiyasi bo’lgan bemorlarda ham yuz berishi mumkin.
Stenokardiya xuruji odatda 1 dan 15 daqiqagacha davom etadi. U zo’riqish bartaraf etilganida yoki qisqa ta’sirli nitratlar qabul qilinganda (til ostiga nitroglitserin) yo’qoladi.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə