Stenokardiya


STENOKARDIYANI TASHXISLASH



Yüklə 65,12 Kb.
səhifə4/9
tarix27.12.2023
ölçüsü65,12 Kb.
#163833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
STENOKARDIYA

STENOKARDIYANI TASHXISLASH

LABORATORIYA SINOVLARI


Laboratoriya tekshiruvlari miokard ishemiyasi sabablarini aniqlashga yordam beradi.

  • Umumiy qon tahlili. Umumiy qon tahlili natijalarining o’zgarishi (gemoglobin darajasining pasayishi, leykotsitlar formulaning siljishi va boshqalar) miokard ishemiyasini provokatsiya qiladigan kasalliklarni (anemiya, eritremiya, leykemiya va boshqalarni) aniqlash imkonini beradi.

  • Miokard shikastlanishining biokimyoviy markerlarini aniqlash. Beqarorlikning klinik ko’rinishlari mavjudligida qonda troponin yoki kreatinfosfokinazning MV-fraktsiyasi darajasini aniqlash kerak. Bu ko’rsatkichlar darajasining ortishi barqaror stenokradiya emas, balki o’tkir koronar sindromning mavjudligini ko’rsatadi.

  • Qonning biokimyoviy tahlili. Stenokardiya bilan og’rigan barcha bemorlarga yurak-tomir xavfini va tuzatishlar kiritish kerakligini baholash uchun lipid profilni tekshirish kerak (umumiy xolesterin, YZLP, PZLP va triglitserid darajasi ko’rsatkichlarini). Shuningdek, buyrak funktsiyasini baholash uchun kreatinin darajasi aniqlanadi.

  • Glikemiyani baholash. Hamrohlik qiluvchi patologiya sifatida qandli diabetni aniqlash uchun stenokardiyada och qoringa glyukoza miqdori baholanadi, glikirlangan gemoglobin uchun sinov o’tkaziladi. Hamma joyda qabul qilingan glyukozaga tolerantlik sinovi eskirgan.

  • Qalqonsimon bez disfunktsiyasining klinik belgilari mavjud bo’lganda qonda qalqonsimon bez gormonlari darajasi aniqlanadi.

INSTRUMENTAL TASHXISLSAH USULLARI


  • Tinch holatda EKG;

  • Jismoniy faoliyat bilan EKG;

  • EKGning sutkalik monitoringi (Xolter);

  • Tinch holatda exokardiografiya;

  • Jismoniy yoki farmakologik yuk bilan stsintigrafiya;

  • Stressli exokardiografiya.

KORONOGRAFIYA


Ushbu invaziv usulning mumkin bo’lgan asoratlarini hisobga olgan holda, koronografiya quyidagi hollarda ko’rsatiladi:

  • Miokard revaskulyarizatsiyasi o’tkazishga ehtiyoji yuqori bo’lgan bemorlarga;

  • Yurak to’xtashi yoki hayot uchun xavfli bo’lgan qorincha aritmiyalarini boshdan kechirgan bemorlarga;

  • Agar tashxis noanvaziv usullar yordamida tasdiqlanmagan bo’lsa.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə