Stenokardiya



Yüklə 65,12 Kb.
səhifə6/9
tarix27.12.2023
ölçüsü65,12 Kb.
#163833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
STENOKARDIYA

SIMPTOMATIK DAVOLASH

Β-ADRENOBLOKATORLAR


β-adrenoblokatorlar stenokardiya xurujlarini qoldirish uchun samarali hisoblanadi va ulardan anginoz epizodlarni yengillashtirish uchun birinchi qator dorilar sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Ularning antianginal ta’siri yurak qisqarishi tezligi va qon bosimining pasayishi natijasida miokardning kislorodga bo’lgan talabining kamayishi bilan bog’liq. Shuningdek diastola ham uzayadi, natijada miokardning ishemik sohasi qon bilan ta’minlanishi vaqti oshadi. Eng afzallari kardioselektiv β-adrenoblokatorlardir (ular noselektivlarga nisbatdan kamroq nojo’ya ta’sirga ega), ulardan eng ko’p ishlatiladigani — metoprolol, bisoprolol va atenolol dorilari. β-adrenoblokatorlar samaradorligi keyingi klinik parametrlar bo’yicha aniqlanadi: tinch holatda yurak qisqarishlari soni <60 / daq, maksimal jismoniy faoliyatda <110 / daq. Yurak ishemik kasalligida β-adrenoblokatorlar simptomatik ta’sirdan tashqari bemorning keyingi ahvoliga ham sezilari ta’sir ko’rsatadi: ularni qo’llash qorinchalar fibrillyatsiyasi (to’satdan yuzaga keladigan koronar o’limning asosiy sababchisi) va miokard infarkti (shu jumladan, takroriysi ham) rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
Nojo’ya ta’sirlari:

  • Qo’l-oyoqlarning yaxlashi;

  • Simptomatik bradikardiya;

  • Bronxial astma va SOO’K alomatlarining kuchayishi;

  • Jinsiy funktsiyaning buzilishi;

  • Qo’rqinchli tushlar ko’rish;

  • Umumiy zaiflik.

KALTSIY KANALLARI BLOKATORLARI


Kaltsiy kanallari blokatorlarining ikki kichik guruhi ajratiladi: nogidropiridinli qator unumlari (masalan, verapamil va diltiazem) va digidropiridin unumlari (masalan, nifedipin va amlodipin). Ushbu kichik guruh vositalari ta’siri mexanizmi bir-biridan farq qiladi, lekin ularning barchasi antianginal ta’sirga ega va stenokardiyani davolash uchun samarali hisoblanadi. Kaltsiy kanallarining barcha blokatorlari kuniga bir marta qabul qilinadigan uzoq muddat ta’sir qiladigan shaklda belgilanadi. Kerakli ta’sirga erishilmagan bemorlarda digidropin unumlari β-adrenoblokatorlarga qo’shilishi mumkin. Kaltsiy kanallarining nodigidropiridinli blokatorlari va β-adrenoblokatorlar kombinatsiyasi tavsiya etilmaydi, chunki bunda ortiqcha bradikardiya yuzaga kelishi mumkin. β-adrenoblokatorlarga qarshi ko’rsatmalar mavjud bo’lsa (bronxial astma, SOO’K, oyoqlar aterosklerozi), ularning o’rni kaltsiy kanallarining nodigidropin blokatorlari bilan bosilishi mumkin.
Nojo’ya ta’sirlaridan eng tez-tez uchraydiganlari kichik boldirning periferik shishlari (ayniqsa, digidropin unumlari qabul qilinganda) sanaladi. Diltiazem simptomatik bradikardiyaga, erapamil — qabziyat va giperemiyaga (bu o’z navbatida miokardning qisqarish qobilyati yomonlashuviga olib keladi, shu sababli β-adrenoblokatorlar bilan birga belgilanganida bu inobatga olinishi kerak) olib kelishi mumkin.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə