Stenokardiya



Yüklə 65,12 Kb.
səhifə5/9
tarix27.12.2023
ölçüsü65,12 Kb.
#163833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
STENOKARDIYA

STENOKARDIYANI DAVOLASH


Stenokardiyani davolashning maqsadlari:

HAYOT TARZINI O’ZGARTIRISH


Birinchi maqsadga erishishda bemorning turmush tarzini o’zgartirish muhim ahamiyatga ega. Kasallikning prognozini yaxshilashga quyidagi chora-tadbirlar orqali erishish mumkin:

  • Chekishni tashlash;

  • O’rtacha jismoniy faollikda bo’lish;

  • Parhez tutish va tana vaznini kamaytirish: tuz va to’yingan yog’lar iste’molini cheklash, meva, sabzavot va baliqlarni muntazam iste’mol qilish.

DISLIPIDEMIYANI DAVOLASH


Lipidlar darajasi yuqori bemorlarda boshlang’ich terapiya sifatida parhezga amal qilish muhimdir, ammo turli tadqiqotlar bo’yicha bu yurak-tomir asoratlari xavfini kamaytirish uchun yetarli emasligi aniqlangan. Shuning uchun lipidlarni kamaytiruvchi preparatlar — GMG-KoA reduktaza ingibitorlari (statinlar) belgilanadi. Davolashning maqsadi: umumiy xolesterin darajasini 4,5 mmol / l (175 mg / dl) yoki undan past darajagacha va PZLP xolesterin darajasini 2,5 mmol / l (100 mg / dl) yoki undan past darajagacha kamaytirish.

ANTIAGREGANTLAR


Stenokardiyali barcha bemorlarga, qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa, kuniga 75-150 mg dozada umrlari bo’yi asetilsalitsil kislota (aspirin) buyuriladi. Doza minimal va shu bilan birga samarali bo’lishi kerak, chunki uni oshirish tufayli oshqozon-ichak tizimiga nojo’ya ta’sir ko’rsatish xavfi ortadi.
Asetilsalitsil kislotaga qarshi ko’rsatmalar mavjud bo’lsa, klopidogrel belgilanishi mumkin, u tadqiqotlarda yuqoriroq samara va kamroq oshqozon-ichak qon ketishlariga sabab bo’lishini ko’rsatdi. Biroq, klopidogrelning qimmatroq turishi ma’lum qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, asetilsalitsil kislotaga ezomeprazol (80 mg / kun) qo’shilishi peptik yara va tomir kasalliklari bo’lgan bemorlarda retsidivlovchi yaradan qon ketishlarni oldini olish uchun klopidogrelga o’tishdan yaxshiroq ekanligini ko’rsatdi.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə