Iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishni takomillashtirish, iqtisodiyotda progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir



Yüklə 12,08 Kb.
tarix02.05.2023
ölçüsü12,08 Kb.
#108033
Iqtisodiy o‘sish


Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarishni takomillashtirish, iqtisodiyotda progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir. U taraqqiyotning ajralmas qismi, ijtimoiy rivojlanishning asosini tashkil qiladi. Iqtisodiy o‘sish - aholining moddiy faravonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shu sababli u davlat iqtisodiy siyosatining negizi bo‘lib qoladi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat ishlab chiqarish, balki taqsimot munosabatlarini takomillashtirish, mehnat resurslarining bandligini ta’minlash, investitsion faollikni oshirish va pirovard natijada davlat budjeti daromadlarining ko‘payib borishini ta’minlash manbai hisoblanadi. U ko‘pgina ichki va xalqaro darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Iqtisodiy o‘sish mamlakat aholisining turmush darajasini oshirishga, ekologiya, mudofaa muammolarini hal etishga imkoniyat tug‘diradi. “Global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolarni manzilli hal etish, ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish - Prezidentdan boshlab barcha darajadagi rahbarlarning bosh vazifasi bo‘lmog‘i darkor”.
Iqtisodiy o‘sish - to‘liq bandlik bilan mujassamlashgan ishlab chiqarish real hajmining uzoq muddat mobaynida o‘sishidir. Iqtisodiy o‘sish YAIM, davlat iqtisodiy qudrati va insonlar farovonligining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatning yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ham ifodalanadi. Hozirgi kunda iqtisodiy o‘sish nazariyasida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ma’lum muddat oralig‘ida erishishgina emas, balki uni uzoq muddat davomida o‘sish sur’atlarida saqlash ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni o‘sishni barqarorligini ta’minlovchi omillarni aniqlab ularni takomillashtirish ustida ish olib borish zamonaviy iqtisodiyot nazariyasini oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Demak yuqoridagi fikrlarni umumiylashtirib barqaror iqtisodiy o‘sishga quyidagicha ta’rif beriladi:
Barqaror iqtisodiy o‘sish - bu uzoq vaqt davomida iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishidir. Makroiqtisodiyot nazariyasi va jahon amaliyoti ko‘rsatishicha mamlakatlarni yillik YAIMni o‘sish sur’ati 7% dan kam boʻlmasa YAIMning hajmi 30 yilda 2 marta ko‘payadi. Aksincha YAIMning yillik o‘sish sur’ati 10% dan kam bo‘lmasa, mamlakat YAIM hajmi 7 yilda 2 marta ko‘payadi. Iqtisodiy o‘sish zamiridagi zamonaviy iqtisodiy nazariyada odatda tabiiy ahamiyatga ega ishlab chiqarish hajmining real tushib ketishi va qisqa muddatli ravnaqi emas, balki uzoq muddatli vaqt oralig‘idagi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishiga bogʻliq ishlab chiqarish real hajmi tabiiy darajasining uzoq muddatli o‘zgarishi tushuniladi. Bunday hollarda o‘qitish predmeti bir uzoq muddatli muvozanat holati boshqasi tomon harakatlanishi bilan izohlanadigan ishlab chiqarish potensial hajmining o‘sishi hisoblanadi. Bunday yondashuvda iqtisodiy o‘sish sur’ati va takliflar omili diqqat markazida turadi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining rivojlanishi jamiyat ehtiyojlari o‘sishi miqdori bilangina emas, ulaming tuzilmasida bir ehtiyoj ulushining ortishi va boshqasining ulushi pasayishi bilan shartlanadi. Ishlab chiqarish resurslari va ishlab chiqarish tuzilmasi, qoidaga muvofiq ehtiyojlar tuzilmasi kabi tez o‘zgarishi mumkin emas. Mahsulot yoki xizmatga yangi ehtiyoj tug‘ilishi uchun uning bir vaqtda ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va bozorda iste’molchilar talablariga mos, to‘lash qobiliyatiga ega o‘z sifati va narxi bilan ular talabiga javob beradigan yangi mahsulotning paydo bo‘lishi dalili yetarli.
Iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning yuzaga kelishi shakllari izohida ikki asosiy yondashuv mavjud. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy o‘sishni YAIM (MD) real hajmi o‘sish sur’ati yoki bu ko‘rsatkichlarni aholi ehtiyoji hisobida oshirish sur’ati bilan o‘lchanadigan aniq vaqtda milliy iqtisodiyot rivojlanishining jami tavsifi bilan tushunish hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning u yoki bu uslubini qo‘llash zarurati, odatda tadqiqot masalalari bilan bog‘liq. Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning birinchi usuli, odatda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati kengayish sur’atlarini baholashda qo‘llaniladi, ikkinchisidan esa aholining qulay sharoiti dinamikasi tahlilida yoki turli hududlar va mamlakatlarning hayotiylik darajasini solishtirishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‘sish nazariyasida ikkinchi hisoblash usuli afzal deb qaraladi.Iqtisodiy o‘sishda real milliy daromad oshishi sur’atlari aholi o‘sishi sur’atlarini oshiradigan milliy iqtisodiyot rivojlanishi nazarda tutiladi. Bu o‘sish muammolarini tashqi kuzatuvchi nuqtai nazaridan emas, mamlakat aholisi pozitsiyasidan turib ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
Iqtisodiy o‘sishni ishlab chiqarish real hajmining oshish sur’atlari nuqtai nazaridan qarab chiqishda, odatda (aniq va noaniq shaklda) iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy va institutsional o‘zgarishlari yuz bermasligi taxmin qilinadi. Ishlab chiqarish tuzilmasi va institutsional muhit murakkab va o‘zgarmas hisoblanadi. Bunday rivojlanish xarakteri tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirda balanslangan va yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy tizim uchun o‘ziga xos.Iqtisodiy o‘sish nazariyasidagi boshqa yondashuv industrial va postindustrial jamiyatni takror ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bu nazariyalar qachonki, o‘zgarishlarga hokimlik, boshqaruv, infratuzilma obyektlari, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zaro ta’sir va uning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasining asosiy institutlari duch kelganda, “yuqori uzun” davrda iqtisodiy dinamika muammolarini tahlil qiladi.
Ta’kidlash kerakki, “uzoq muddatli” va “yuqori uzun” davrlar tushunchalari dinamika nazariyasida iqtisodiy vaqt haqida gap borar ekan, xuddi o‘zining vaqtinchalik masofasi va konseptual yo‘nalish kabi farqlanadi (xodisalar sodir bo‘lish tezligi). “Yuqori uzun” davr o‘zining vaqtinchalik masofasi xodisalari qatorida uzoq muddatli davr va uning an’anaviy tushunchasida qisqa bo‘lishi mumkin. Xususan, bu mamlakatimiz rivojlanishining zamonaviy bosqichida, uning uchun xarakterlidir. Bunda tuzilmaviy, institutsional va funksional o‘zgarishlar ishlab chiqarish real hajmi tabiiy o‘sish jarayonini aniqlaydigan ishlab chiqarishning tekis ommillari o‘zgarishidan ko‘ra tezroq yuz beradi.Yuqori uzun davrdagi iqtisodiy o‘sish tahlilining ikki asosiy xususiyatini ajratish mumkin:
- iqtisodiy o‘sish iqtisod rivojlanishining tashkiliy elementi sifatida qaraladi. U bir tomondan rivojlanishning siklik xarakterini ifodalaydi, ikkinchi tomondan o‘zi pasayish va depressiya davrlariga tayyorlovchi o‘zgarishlar natijasi hisoblanadi. Shuning uchun asosiy e’tibor iqtisodiy o‘sish sur’atlariga emas, balki iqtisodiyotdagi global o‘zgarishlar, barqaror tendensiya va qonunchiliklar va ularning yangi sifat o‘zgarishlariga qaratiladi.
- Makroiqtisodiy tanaffuslar qatorida iqtisodiy rivojlanishning va industrial asoslari, tadbirkorlik muammolari, ishlab chiqaruvchilar qiziqishlari ziddiyatli siljishlari, iste’molchilar va davlat xokimiyati institutlari iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshishiga yo‘l qo'ymaydigan yangi iqtisodiy tuzilmaning shakllanishi va uning tashqi muhit o‘zgaruvchanligi sharoitidagi barqarorligini tekshiradi.Jamiyat a ’zolarining xilma-xil va yuksalib borayotgan ehtiyojlarini qondirishning birdan bir vositasi iqtisodiy o‘sishdir. Agar iqtisodiy o‘sish bo‘lmasa xech qanday jamiyat rivojlana olmaydi, eski iqtisodiy tizim o‘rniga yangisi kelmaydi , xullas, ijtimoiy taraqqiyot yuz bermaydi . Bu obyektiv qonuniyat bo‘lib, aholi o‘sishi va fan - texnika jarayonlari bilan bog‘langan. U milliy iqtisodiyot rivojlanish harakatini ko‘rsatadi va shu sababli vaqtning ma’lum davrlariga (chorak, yil va undan uzoq vaqtga) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (YAIM va SMM) taqqoslash yo‘li bilan oʻlchanadi.
Iqtisodiy o‘sish deganda, odamlaming talab - ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy mahsulot va xizmatlami, ya’ni barcha noz- ne’matlami ishlab chiqarishning ko‘payib borishi tushuniladi.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat iste’mol buyumlari, balki ishlab chiqarish vositalari, ya’ni resurslarni ham ko‘plab ishlab chiqarishini anglatadi, chunki o‘sish jamiyat a’zolarining joriy iste’molini qondirish bilan cheklanmay, kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali bo‘lg‘usi iste’molni qondirishni ham mo'ljallaydi. Ishlab chiqarish faoliyati jamiyat hayotining birlamchi asosi bo‘lganidan iqtisodidan o‘sish ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi . Jamiyatdagi chuqur va sifatli o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sish sur’atlariga qarab yuz beradi. Hozirgi bosqichda jamiyat hayotidagi shiddatli o‘zgarishlar barqaror o‘sish natijasidir. Iqtisodiy o‘sish jamiyatdagi ishlab chiqarish hajmini yoki aholi jon boshiga yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar hajmini ortib borishi bilan o‘lchanadi. Uni albatta real yalpi milliy mahsulot yoki real milliy daromadning ko‘payishi ifoda etadi.
Makroiqtisodiy o‘sish - butun jamiyat miqyosidagi, masalan, mamlakat miqyosidagi iqtisodiyotni o‘sishidir. U jamiyat ishlab chiqarish faoliyatining natijasi bo‘ladi, turli korxona va tarmoqlardagi makroiqtisodiy o‘sishning mazmuni sifatida yuzaga keladi. Mikroiqtisodiy o‘sish bu korxona, xo‘jalik firma va tarmoq doirasidagi o‘sishdir, shu doiradagi mehnat qiluvchilar iqtisodiy aniqrog‘i guruhiy faoliyatning natijasidir Iqtisodiyot boylik haqidagi fan ekan, tabiiyki, avvalambor uning paydo bo‘lishi bilanoq iqtisodiy o‘sish muammosi diqqat markazida turadi. Bu muammoni yechish iqtisodiyotning aholi doimiy o‘sishda hayot darajasini oshirishni ta’minlaydigan rivojlanish omillarini qidirishni bildiradi. Ma’lumki, inson ehtiyojlari chegaralanmagan: inson bir ehtiyojini qondirishi bilan keyingisi tug‘ilaveradi. Shu bilan birga yer aholisi uzluksiz o‘sib boradi. Darhaqiqat, XIX asr o‘rtalarida boshlangan aholining bunday tez o‘sishi odamlar ehtiyojini jamiyat va individual qondirilishiga olib boruvchi mahsulot tannarxining ilgarilab o‘sishi bilan yonma-yon kechadi. Amerikalik tadqiqotchi, iqtisodiy o‘sishni tushuntirishga miqdoriy yondashuv asoschisi S. Kuznets Angliya, Germaniya, AQSH kabi mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari tezligi sanoat burilishi va kapitalizmning yetakchi iqtisodiy tizimga aylangan davri bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Kapitalizm mohiyatan, kapitalistik rivojlanish yo‘lida turgan mamlakatlar iqtisodiy o‘sishida o‘zakli o‘zgarish bilan ta’minlaydigan birinchi iqtisodiy tizim bo‘lib qoldi. Bu tarixiy fenomen olimlar tomonidan turlicha tushuntirilgan. Shu mavzuga bag‘ishlangan ommaviy nazariyalardan biri din va iqtisodning o‘zaro aloqasini yetarli sabab deb hisoblovchi M. Veber tomonidan ishlab chiqilgan. U kapitalizm o‘z rivojlanishi uchun tiklanish davrida faqat din berishi mumkin bo‘lgan baquvvat ma’naviy rag‘batga edi. Shunday din sifatida XVI asrning birinchi yarmida xristian islohotchilari M. Lyuter va J. Kalvinning texnologik ta’minoti - protestantizm bo‘ldi. Protestantizm va u orqali yuzaga kelgan kasbiy etika, Veber fikriga ko‘ra, Sharq dini Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlarda industrial ko‘tarilishga mone’lik qiluvchi barer sifatida xizmat qilganda, G‘arb iqtisodiy ko‘tarilishi va zamonaviy G‘arb sivilizatsiyasining jiddiy omili bo‘ldi.
Yüklə 12,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə