Hurmatli asilbekova go‘zal rustam qizi!



Yüklə 15,83 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.12.2023
ölçüsü15,83 Kb.
#164863
Тарж наза немс кунд ўзб p01



Hurmatli ASILBEKOVA GO‘ZAL RUSTAM QIZI! 
Avvalo, Sizga mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasidan bizning 
O‘zbekiston Milliy 
universitetini
tanlaganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. 
Bizning jamoa o‘z oldiga zamonaviy bilimlarni egallab, sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishni 
hamda jonajon Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni niyat qilgan intiluvchan yoshlarga o‘z 
maqsadlariga yetishishida ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va bor imkoniyatlarini safarbar 
etadi. 
2020-2021 o‘quv yilida 
O‘zbekiston Milliy universitetini 
kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim 
shakllari bo‘yicha 
88 ta 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida
5125 nafar talabani
qabul qiladi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlarning oliy ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan 
sharoitlar yildan-yilga kengayib, inson kapitaliga davlat tomonidan juda katta investitsiya 
kiritilmoqda. Bunday g‘amxo‘rlik natijasida talabalikka qabul qlingan yoshlar soni oxirgi uch yilda 
uch barobarga
ortdi. Joriy yilda abituriyentlarning hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘liq masofadan 
amalga oshirildi. Bizning 
O‘zbekiston Milliy universitetiga 
kirish uchun 
41 779
nafar
abituriyent 
hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazdilar. Siz hujjat topshirgan Kunduzgi bo‘lim Tarjima nazariyasi va 
amaliyoti: nemis tili ta’lim yo‘nalishiga
18 nafar
abituriyent talaba bo‘lish istagini bildirgan. 
Bugungi kunda butun jahonda kechayotgan pandemiya sababli mamlakatimiz oliy ta’lim 
muassasalariga kirish imtihonlari muddatlari kechiktirildi. Bu avvalo, Siz - yoshlarning 
salomatligingizni o‘ylab, o‘z bilimingizni namoyon qilish uchun qulay va xavfsiz shart-sharoit 
yaratish maqsadida qilindi.
Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan kirish imtihonlari shaharlar va viloyatlardagi 
markaziy stadionlarda, ya’ni ochiq maydonlarda karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda 
2020 yil 
sentabr oyining 2-sanasidan boshlab 
o‘tkazilishi rejalashtirildi. 
Siz 
pasportingiz va DTM ruxsatnomangiz bilan 
ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga 
belgilangan vaqtda yetib kelishingiz zarur. Eslatib o‘tamiz, DTM ruxsatnomalarini joriy yilning 
22 
avgustidan
boshlab DTM sayti (
www.dtm.uz
)dagi shaxsiy kabinetingiz
orqali olishingiz 
mumkin! 
 
Muhtaram Abituriyent! 
Imtihon kuni belgilangan manzilga karantin qoidalariga rioya qilib, xavfsizligingizni ta’minlab, 
yaxshi kayfiyatda va o‘z vaqtida yetib kelishingizni so‘raymiz. 
Aziz ota-onalar va yaqinlaringizdan imtihon kunlari uyda qolib, imtihon jarayonlarini onlayn 
kuzatib borishlarini so‘raymiz.
Kirish imtihonlarining o‘tish muddati, jadvali va natijalari hamda o‘zingizni qiziqtirgan barcha 
savollarga javoblarni 
www.nuu.uz
sayti

https://t.me/uzmu_qabul2020
telegramm kanalidan
olishingiz, shuningdek 
devonxona@nuu.uz
elektron adresga
yoki 
71 2463695, 71 246 6639, 71 
2271346, 71 246 6639, 71 2464323, 71 2466961
raqamli telefonga
murojaat etishingiz mumkin.
Unutmang, faqat puxta tayyorgarlik va kuchli bilim bilangina talaba bo‘lish baxtiga muyassar 
bo‘lishingiz mumkin. Shunday ekan, bir daqiqa ham bilim olish va o‘z ustingizda ishlashdan 
to‘xtatmang. Sizga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib olishingizda ulkan zafarlar tilaymiz. 
Omad yor bo‘lsin! 
Hurmat bilan, 
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori 
 
 
 
 
A. Maraximov

Yüklə 15,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə