‘‘Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida lug’at ustida ishlashning lingvodidaktik asoslari


III.BOB. BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QISH VA ONA TILI DARSLARIDA MUSTAKIL ISHLAR ORKALI OQUVCHILAR NUTQI VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/18
tarix12.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida lug’at ustida ishlashning lingvodidaktik asoslari

III.BOB. BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QISH VA ONA TILI DARSLARIDA MUSTAKIL ISHLAR ORKALI OQUVCHILAR NUTQI VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
3.1. Nutq o‘stirishda til va tafakkur uyg‘unligi.................................................
3.2. O‘quvchilar so‘z boyligini oshirish – pedagogik muammo sifatida..........
3.3. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z ustida ishlashga qo‘yiladigan didaktik talablar.........................................................................................................
XULOSA..........................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...................................
ILOVALAR.....................................................................................................


KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon miqyosida davlat va jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralayotgan ta’lim mazmunida til va tafakkur uyg‘unligiga erishishning innovatsion texnologiyalari orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Yaponiya, Germaniya, AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Kanada kabi dunyoning rivojlangan mamlakatlari ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida lingvistik kompetensiyalarning nazariy va amaliy masalalari yetakchi o‘rinda turadi. “Innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida o‘qitishni tubdan yaxshilash” muammosi BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalariga doir bitimida ham dolzarb vazifa sifatida belgilandi.Ta’lim tizimining dunyo amaliyotida o‘qitish metodikasini individuallashtirish va kompetensiyaviy yondashuvlar integratsiyasi asosida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga ta’lim sifatini ta’minlashning yetakchi omili sifatida qaraladi. Xususan, lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish texnologiyalarini, til ta’limini tizimli tarzda tashkil etishning metodologik asoslari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar nutq va tafakkurni rivojlantirish samaradorligini oshirishning, shuningdek, interfaol ta’limni mediatexnologiyalar vositasida tashkil etishning didaktik ta’minotini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamiz ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo‘lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini, nutq va tafakkurini rivojlantirish, yuksak ma’naviyatli barkamol shaxsni kamol toptirish sog‘lom avlodni voyaga yetkazishning muhim omili sifatida boshlang‘ich ta’lim tizimidan boshlab ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda qo‘llash zaruratini yuzaga keltirdi. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” vazifasi shaxsning intellektual salohiyatini shakllantirishga, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqqiyatli ishtirokini ta’minlashga zamin yaratadi. Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish qayd qilingan mazkur farmon boshlang‘ich ta’lim tizimida ham o‘qitish sifatini takomillashtirishni taqozo etadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə