‘‘Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida lug’at ustida ishlashning lingvodidaktik asoslari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə12/18
tarix12.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105241
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida lug’at ustida ishlashning lingvodidaktik asoslari

Umumiy xulosalar
BoSHlang‘ich sinflarning ona tili ta’limi jarayonida mustaqil iSHlar vositasida o‘quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantiriSH yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:
1. BoSHlang‘ich sinflarning ona tili ta’limi jarayonida mustaqil iSHlar vositasida nutq va tafakkurini rivojlantiriSH ona tili darsliklarida leksik-semantik topSHiriqlarning mantiqiy izchilligi, uzviyligi hamda uzluksizligini ta’minlaSHni, nutq o‘stiriSHga yo‘naltirilgan topSHiriqlar tizimiga doir metodik tavsiyalar iSHlab chiqiSHni taqozo etadi.
2. BoSHlang‘ich sinflarning ona tili dasturidagi tilning leksik birliklariga xos nazariy tuSHunchalar mazmuni bo‘yicha lug‘at ustida iSHlaSH ko‘nikmalarini SHakllantiriSHga doir izohli lug‘at va lingvistik atamalarning izohli lug‘atini tuziSH o‘quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantiriSHda alohida o‘rin tutadi.
3. “Ona tili” va “O‘qiSH kitobi” darsliklaridagi matnlarning ko‘pchiligida badiiylik, emotsionallik, tasviriylik yetiSHmasligi tufayli matnlar tahlilida uning mazmunini boyituvchi lug‘aviy birliklar, iboralar, birikmalar, tasviriy vositalar ustida iSHlanmasligi natijasida o‘quvchilar mazkur matnlarning leksik tarkibi va grammatik quriliSHini quruq yodlab oliSH va aynan qayta tiklaSHining sababi, avvalo, lug‘at zahirasining kamligi bilan izohlanadi.
4.BoSHlang‘ich sinflarning ona tili darslarida tilning grammatik quriliSHini nazariy tahlil qiliSH bilan cheklanilayotgani, lug‘at ustidagi iSHlarda izchillikning yo‘qligi, bilim beriSHda, ko‘nikma va malakalarni SHakllantiriSHda mantiqiy fikrlaSHga, izlaniSHga yo‘naltirilgan savol-topSHiriqlardan foydalanilmayotganligi, matn va gaplarning grammatik quriliSHi, leksik tarkibi ustida iSHlaSHda o‘quvchilarning mustaqil mantiqiy fikrlaSHlarini ta’minlaydigan aqliy faoliyat usullari iSHga solinmayotganligi, leksik birliklar ustida iSHlaSHga muntazam o‘rgatib borilmayotganligi, matn va inSHo materiallarining leksik tarkibi yuzasidan tahlil iSHlari o‘tkazilmayotganligi nutq va tafakkur uyg‘unligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan sabablardandir.
5. BoSHlang‘ich sinf ona tili darsliklarida leksik-semantik topSHiriqlarning mantiqiy izchilligi, uzviyligi va uzluksizligini ta’minlaSH, o‘quvchilar lug‘atidan o‘rin oliSHi lozim bo‘lgan so‘zlarni belgilaSHga mas’uliyat bilan yondaSHiSH, sinflar kesimida o‘zlaSHtiriliSHi zarur bo‘lgan so‘zlar minimumini belgilaSHni taqozo etadi.
6. O‘qituvchilar darslikdagi o‘quv materiallari ustida iSHlaSHda ona tilidan nazariy ma’lumotlarni tuSHuntiriSHga zo‘r beriSHlari tufayli bir yoqlamalikka yo‘l qo‘yilayotganligi, maSHq matnlarining badiiy jihatdan nisbatan sayozligi, darsliklarda lug‘aviy tahlilga e’tiborning kamligi, o‘quvchilar lug‘at zahirasiga befarqlik, leksik tahlilga doir qo‘SHimcha materiallar va lug‘at ustida iSHlaSHning samarali usullaridan foydalanilmayotganligi boSHlang‘ich sinf o‘quvchilarining tildagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmasligiga olib keladi.
7. BoSHlang‘ich sinflarning ona tili ta’limidagi an’anaviy o‘qitiSH usullari tilni nazariy o‘rgatiSHga yo‘naltirilganligi, til materiallarining grammatik va orfografik jihatdan o‘qituvchilar yordamida tahlil qiliniSHi, hatto tilning leksik qatlami darslikka kiritilgan maSHqlar SHartiga ko‘ra tahlil qiliSH bilan cheklanilganligi o‘quvchilar nutqi va mantiqiy tafakkurini rivojlantiriSHga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
8. Ta’lim bosqichlarida yuqori darajada rivojlangan og‘zaki va yozma nutqni SHakllantiriSH o‘quvchilarning chuqur bilim oliSHlariga imkoniyat yaratibgina qolmay, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llaSH ko‘nikmasini ham SHakllantiradi.
9. BoSHlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsliklari, gazeta va jurnallar, turli rasmlar, o‘qituvchi nutqi, radio eSHittiriSHlari, teleko‘rsatuvlar, axborot texnologiyalari va atrof-muhitni kuzatiSHdan o‘quv materiali sifatida unumli foydalaniSH so‘zning o‘quvchilar tuSHunchasi va bilimini boyitiSH, dunyoqaraSHini SHakllantiriSH, his-tuyg‘usini tarbiyalaSH, til hodisalarining xususiyatlarini anglaSH, lug‘atini boyitiSHga doir mustaqil iSHlarni taSHkil etiSHda yuksak samaradorlikka eriSHiSH omilidir.
10. Ona tili darslarida tilning lug‘aviy birliklari ustida iSHlaSH, topiSHmoq, maqol va SHe’riy parchalar matnining grammatik mavzu bilan bog‘liq lingvistik tahlili o‘quvchilar lug‘atini boyitadi, aqlini charxlaydi, kuzatuvchanlik, ziyraklik, topqirlik ko‘nikmalarini SHakllantiradi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə