Ijtimoiy tarbiya



Yüklə 22,25 Kb.
səhifə1/2
tarix28.09.2023
ölçüsü22,25 Kb.
#124559
  1   2
IJTIMOIY TARBIYA


IJTIMOIY TARBIYA
Reja:

  1. Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari.

  2. Tarbiya tamoyillari.

  3. Tarbiya qonuniyatlari.

Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘lik jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.


Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi larning ma'lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta'lim nazariyasi hamda xalq ta'limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘lik.
Tarbiya jarayonining mazmuni.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob'ektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur»20. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘lik.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e'tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘qrisida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta'sirlarga nisbatan ma'lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta'siri bolaning ularga munosabatiga bog‘likligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta'sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e'tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.

Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me'yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.


Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta'sir etish muhimdir. Aks holda xulq me'yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta'sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi. Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma'lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi. Chunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakl, metod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmity tahlil qilish mumkin.
Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan ijtimoiy mavjudotdir.
Shaxsning ko‘pdan-ko‘p xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o‘zaro mustahkam bog‘langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit ravishda rivojlanadi.
Bola o‘sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib,
tabahalashib boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o‘quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo‘shib olib borilishini ta'minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g‘oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. Shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma'naviy dunyosi shunchalik boy bo‘ladi.
O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli xarakterga ega. Ya'ni, bola shaxsining qaror topishi oila, ta'lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta'sirlar ostida ro‘y beradi. Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo‘lmaydi. Bu narsa o‘quvchilarning psixologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlari, ularning hayotiy va ma'naviy tajribasi, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘lik.
Tarbiya jarayoni, odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash, bolaningsh atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib boriladi.
O‘zini o‘zi tarbiyalash shaxsni o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta'riflanadi.
O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo‘qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir. Bola xulqidagi «og‘ish»lar oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulqni hosil qilgan sabab, sharoit o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy ta'sirini oila, shu jumladan, ota-ona ham ma'qullashi lozim.
Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o‘zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
2.Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Ushbu vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
b) o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;
v) umuminsoniy axloq me'yorlari (odamiylik, kamtarlik, o‘zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, alodatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o‘quvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;
g) o‘quvchilarda huquqiy va axloqiy me'yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg‘usi, ijtimoiy burchga mas'ullikni qaror toptirish;
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas'uliyatni tarkib toptirish;
j) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg‘usini qaror toptirish;
z) mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha'ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o‘rgatish va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari ana shulardan iborat.
Shu bilan birga ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator vazifalar amalga oshiriladi. Chunonchi,
1) axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me'yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me'yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me'yorlar (talab va ta'qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish;
2) aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida - o‘quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashini rivojlantirish;
3) jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarni o‘z sog‘liklarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to‘rlari borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o‘quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash;
4) estetik tarbiyani olib borish jarayonida – o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;
5) ekologik tarbiyani olib borish chog‘ida – o‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas'uliyat bilan munosabatda bo‘lish, tabiatni asrash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish kabi tuyg‘ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish;
6) iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamalakat iqtisodiy barqarorligini ta'minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish;
7) huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga davlat Konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta'limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma'muriy nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma'nosini tushuntirish, ular ogiga ijtimoiy-huquqiy me'yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan tasavvurga ega bo‘lishlarini ta'minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish;
8) g‘oyaviy-siyosiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarga siyosiy bilimlarni berish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati mazmunini o‘rganishni ta'minlash asosida o‘quvchilarda siyosiy faoliyat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish, siyosiy madaniyatni shakllantirish va hokazolar.
3.Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:


Yüklə 22,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə