Boshlang`ich sinflarida matematika o`qitishni zamonaviy tarzda amalga oshirish imkoniyatlari



Yüklə 27,59 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü27,59 Kb.
#161994
1   2   3
BOSHLANG\'ICH

O`qitishni tashkil qilish.
O`qitish shakli- bu o`quvchilarning o`quv bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab shiqarishda va h.k.)o`tkazilishiga muvofiq ravishda o`qiutuvchi tomonidan tarbiyaviy o`qitish jarayonida foydalanialadigan qilib tashkil etilishidir.
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o`quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo`lib ishlashalri, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat.
O`quv dasturi DTS asosida tasdiqlangan davlat hujjati bo`lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat standartlari talablarining o`quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko`nikmalarini egallashlariga , bilim olishga ijobiy munosabatda bo`lishlarining shakllanishiga yordam beradi:
a)o`quvchilarni tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o`quvchini shakllantirish;
b)faoliyatning har xil turlarini: o`quv, mehnat, muloqotni egallash;
v)o`z-o`zini nazorat qilish hamda baholash reytingini aniqlashga o`rgatish;
g)muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi.
Shunday qilib, boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat standartining o`quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o`quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o`quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarning shakllanishini ham ta’minlaydi.
Kundan kunga ma`lumot oshib borayotgan bilan tushunarli bo`ladiki bugungi o`quvchilarga kerak bo`ladigan narsalarni hammasini o`rgatib bo`lmaydi. O`zlashtirilgan ma`lumot juda tez eskirib qolmoqda, chunki har kuni yangi ma`lumotlar chiqmoqda. Fanda o`qitish nazariyasi ushbu fanni o`qitish bo`yicha metodik tizimlarning faoliyat qonunini ochib beradi. Metodika ularni tadbiqini, texnologiya esa ushbu modelni amalga oshirish usullarini ishlab chiqadi.
Tushuntirsh quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi:
1)dogmatik usul.
2)evristik usul;
3) tadqiqot usuli (muammoli usul);
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi, o`quvchilarda o`zaro nazorat qilish va o`zaro yordam berish sifatlarini shakllantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi.
Tarbiyaviy vazifalarning hal etilishida darsning ayrim tarbiyaviy o`rinlari emas, balki butun o`quv jarayoni ta`lim mazmuni, o`quv ishi usullari, darsni puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak.

Yüklə 27,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə