Boshlang'ich ta’lim didaktikasi


Tayanch tushunchalar lug‘ati



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix18.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#87315
1   2   3
Tayanch tushunchalar lug‘ati: 
Didaktika – (yunoncha didaktikos “o‘rgatuvchi”, didasko esa – “o‘rganuvchi”) - pedagogik fan 
bo‘lib, u ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari
o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatlari, ta’lim maqsadi, shakl, metod va vositalari, natijasi va 
hokazolar)ni o‘rganadi. 
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui bo‘lib, ular o‘quvchining ongida borliq 
tushunchalari, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etadi. 
Bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va egallangan tajriba asosida xulq va 
faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud bilimarining o‘zgarab, takomillashib, boyib 
borish jarayoni. 
Ta’lim - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining maqsadli 
o‘zaro harakatlari. Ularning birgalikdagi faoliyati ikki tomonlama aloqani tashkil etish jarayonidir.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. 


Ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning nimaga intilayotgani, uning 
urinishlari yo‘naltirilgan. 
Mazmun (ta’lim, bilim olishning mazmuni) – ta’lim jarayonida o‘quvchi egallab olishi zarur 
bo‘lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat hamda fikrlash usullarining tizimi. 
Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) –ta’lim nimaga erishishini qayd etuvchi tushuncha, o‘quv 
jarayonining oqibati, belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi. 
Pedagogik paradigma – (yunoncha paradeigma - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining 
har bir bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) 
sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan nazariy hamda metodologik 
ko‘rsatmalar to‘plami bo‘lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo‘llaniladi. 
Verbal – so‘z bilan, og‘zaki. 
Gnostik – o‘rganuvchi. 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə