Boshlang’ich ta’lim” fakulteti 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi sirtqi III kurs 304- guruh talabasi joldasova gulmira nariman qizi ning


Tenglama tuzib yechiladigan masalalar va ularni o’rganish metodikasi



Yüklə 395,28 Kb.
səhifə5/6
tarix27.05.2023
ölçüsü395,28 Kb.
#113498
1   2   3   4   5   6
kurs ishi 3-sinf tenglama

3.Tenglama tuzib yechiladigan masalalar va ularni o’rganish metodikasi.

Dasturning asosiy talablariga xatto eng sodda tenglamalarning yecha olish uquvlari ham kiritilgan.


Masalalarni tenglamalar usuli bilan yechish ham shu maqsadlarni ko’zda tutadi.O’quvchilarga tenglamalar tuzish va uni yechish o’rgatish metodikasi ayrim masalalarni tenglamalarni tuzish yordamida yechish imkonini beradi. Masalalarni tenglamalar usuli bilan yechish masalaning mazmunini o’zlashtirishga, uni puxta tahlil qilishga yordam beradi. O’quvchilar berilgan va izlanayogan miqdorlar qaysi amalning qanday komponentlari ekanligini aniqlashni o‘rganadilar. Dastlabki, vaqtlarda o’quvchilar masalaning ma’nosi b’yicha tenglamalar tuzadilar, tuzilgan tenglama bo’yicha amallarning koponentilar nomlarini aniqlaydilar, amallarning qaysi koponenti ma’lum ekani va masalada qaysi koponenti noma’lum ekanligini aniqlaydilar .Tenglamalar tuzish usuli b-n yechiladigan dastlabki masalalar mana bunday ko’rinishda bo’ladi. Quyida siz b-n birgalikda 4-sinf Matematika darsligida berilgan misol va masalalarni ko’rib chiqamiz.
№ 233. Masalani tenglama tuzib yeching
Agar noma’lum songa 420 soni qo’shilsa , 600 soni hosil bo’ladi. Shu noma’lum sonni toping.
Noma’lum sonni x harfi b-n belgilaymiz. Noma’lumni belgilab olganimizdan keyin mana bunday ko’rinishga ega bo’lgan tenglama hosil bo’ladi. x+420=600
x=600-420
x=180 180+420=600
Masalani tahlil qilib unga tegishli bo’lgan qisqa yozuvni tuzib olamiz.
-masalada sonlar ustida qanday amal bajarilgan? “+” belgisi qo’yiladi.

  • ikkita son qo’shilmoqda

  • birinchi son noma’lum sonni [x] b-n belgilaymiz.

-ikkinchi son 420 “+” belgisidan o’ng tomonda qo’yiladi
-“Hosil bo’ladi” so’zini “=” belgisi b-n ifodalaymiz
-natijada 600 hosil bo’ladi u “=” belgisidan keyin yoziladi

  • tuzilgan ifoda tenglama deb ataladi

-ifodada “=”, “x” bo’lganligi uchun tenglamadir
-Ifodada “+” bo’lsa birinchi qo’shiluvch, 2-chi qo’shiluvchi.
-Qo’shish natijasi yig’indi deb ataladi
Endi masalalarni tenglamalar tuzish usuli bilan yechishda uncha katta bo’lmagan sonli, suvjetli masalardan ham foydalanishimiz mumkin. Biz buni quyida 1-sinf kitobida keltirilgan masala misolida o’rganamiz.
Masala:avtosalonda ertalab 89ta avtobus bor edi. Bir necha avtobus ishga chiqib ketgandan keyin, avtosalonda 80ta avtobus qoldi. Nechta avtobus ishga chiqib ketgan?
Bor edi - 89ta Qoldi- 80ta Ishga chiqdi-? Ta
Masalaning mazmuniga ko’ra 89-x=80 tenglama tuziladi, kamyuvchi- 89
ayriluchi-80
ma’lum ekanligi, noma’lum esa ayriluvchi ekanligi aniqlanadi.
Tuzilgan tenglama noma’lum qo’shiluvchini topish asosida, yechim masalaning ma’nosi bo’yicha tekshiriladi va javob yoziladi.
Shunday qilib,o`quvchilar masalaning mazmuni ustida ishlash jarayonida uni odatdagi tilimizdan matematika tiliga o`tkazadilar .Bu esa masala shartiga ko`ra tenglamalar tuzishga ,undagi ma’lum va noma’lumlarni aniqlashga yordam beradi .
Boshlang`ich ta`lim dasturining asosini tashkil qiluvchi arifmetik materiyallar umumlashtirish maqsadga muvofiq bo`ladi.Shu munosabat bilan 3-4sinflarda noma`lum bilan berilgan masalalar yechishga , noma’lum
qatnashgan ifodalar tuzishga alohida e`tabor qaratiladi .
Tegishli arifmetik masalalar qarab chiqish bilan bog`liq holda tenglamalarni yechish bilan bog`liq ish asta-sekin kuchaytirib boriladi.
XULOSA

Boshlang’ich ta’lim jaryoni mustaqil davlatning ta’lim – tarbiya tizimida umumiy o’rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo’ladi.


Ma’lumki, amaldagi boshlang’ch ta’lim predmetini o’qitishga asoslangan ta’lim jaroyini bo’lib uning asasiy maqsadi bolalarda elementar tarzdagi o’qish, yozish, matematik bilimlarni shakllantirish, hisoblash ko’nikmalarini rivojlantirish hamda obektiv borliq haqidagi tasavvurlarni oshirishdan iborat.
Boshlang’ich ta’limning bosh maqsadi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ta’lim olishga qaratilgan faoliyatini shakllantirish asosida shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishni talab qiladi.
Boshlang’ich sinflarda o’rganiladiga tenglama tushunchasini kiritishdan asosiy maqsad o’quvchilarda og’zaki hisoblash ko’nikmalarni rivojlantirish, mavhum tasavvurlarni shakllantirish va albatta tenglamalarni ishlash jarayonida ketma –ketlikka rioya qilish qonun qoidalarini o’rgatadi.Tenglamalarni yechish jarayonida ko’rgazmali vositalardan foydalanish dars samaradoligini oshirishga yordam beradi.
Ya’na bundan tashqari tengsizlik tushunchasi orqali “<”, “>” tushunchalarini shakllantirish, o’quvchilarni farqlay olishga o’rgatish malakalarini rivojlantirushni nazarda tutadi.
Demakki, har bir o’qituvchi o’quvchilarni dars jarayonida foalashtirishi, bolalarning matematik ko’nikmalarini, tenglama va tengsizliklarni tuzish va uni yecha olish malakalarini rivojlantirib borishi lozim.

Yüklə 395,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə