Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə13/52
tarix07.01.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#82697
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
BT sirtqi mustaqil ta`lim

Uchun ko‘makchisi maqsad, sabab, atalganlik, evaz kabi ma’no-larni ifodalaydi va ot, olmosh, harakat nomidan keyin keladi: insoniyat uchun qayg‘rurmoq, o‘qimagani uchun tushunmaslik, kitoblarni sen uchun oldim. yashash uchun kurashmoq.

Uchun ko‘makchisi she’riyatda chun tarzda ham ishlatilai. Bunday holda -chun o‘zkdan chiziqcha bilan ajratiladi. Shuningdek, uchun ko‘makchisi -gina, -dir affikslarini ham olishi mumkin: Lekin nima uchundir uning bu yovuz maqsadi hech ijobat topmasdi.

Kabi, singari, yanglig‘, misli (misol) ko‘makchilari o‘xshatish, solishtirish, qiyoslash ma’nosini ifodalashiga ko‘ra ma’nodoshdir: xamirdan qil sug‘urgan (kabi) singari yengil.

Sayin ko‘makchisi vaqt bildiruvchi so‘zlar bilan birga kelib, ish-harakatning muayyan vaqt ichida yoki harakatning bir yo‘la sodir bo‘lishi, davomiylik kabi ma’nolarni ifodalaydi: Respublikamiz yil sayin gulga burkanmoqda. Do‘l borgan sayin kuchaymoqda edi.

Sari ko‘makchisi ish-harakatning yo‘nalishini ifodalaydi. Bunda sari ko‘makchisi tomon ko‘makchisiga sinonim bo‘­lishi mumkin: kucha sari - kucha tomon, yorug‘lik sari - yorug‘lik tomon.


Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə