Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari


O’zbek tilida gapning asosiy belgisi



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə45/52
tarix07.01.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#82697
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
BT sirtqi mustaqil ta`lim

O’zbek tilida gapning asosiy belgisi:

1.            Gapda ma’lum bir fikr, maqsadning tugalligi.

2.            Predikativlik.

3.            Grammatik struktura.

4.            Intonatsion tugallik.

3. Gap grammatik strukturasiga ko’ra o’ziga xos bir konstruksiyani tashkil etadi. Ikki sostavli gaplar konstruksiyasining asosini bosh bo’laklar – ega va kesim tashkil etadi. Ikki sostavli gapga, masalan: Ishonchsiz hamroh, zaharli ilondan xavfli bo’ladi. Ega gapda u to’g’rida gap borgan, bosh kelishikdagi mutloq bo’lakdir.

Ammo har qanday bosh kelishik formasidagi so’z ega bo’la olmaydi. Bosh kelishikdagi so’z kesim, ikkinchi darajali bo’lak, undalma bo’lib kelishi ham mumkin. Ega uchun avvalo, uning ma’nosi va gapdagi vazifasi asosdir.

Kesim ega haqidagi gapning hukm, tasdiq va inkordir. Kesim shaklan turlicha bo’ladi. Masalan: Sovg’a menga.

Odatda, ega bilan kesim bir-biri bilan shaxs va sonda moslashadi.

Masalan: Karim sizni so’radi. O’quvchilar ekskursiyaga chiqdilar. Ammo bu xususiyat o’zbek tili uchun asos bo’la olmaydi. Chunki ega bilan kesim sonda moslashmasligi ham mumkin.

Masalan: Magazinlar ochildi. Qushlar sayraydi kabi…

5.            Gaplar strukturasiga ko’ra uch xil bo’ladi:

a) Sodda;      b) Murakkab;         v) Qo’shma gaplar.

Sodda gap ma’lum bir fikr, maqsadni ifodalovchi, bir sintaktik strukturadan iborat bo’lgan gap hisoblanadi. Sodda gap tuzilishiga ko’ra yig`iq va yoyiq bo’lishi mumkin. Bosh bo’laklardan tashkil topgan gaplar sodda gap, bosh bo’laklardan tashqari, ikkinchi darajali bo’laklar ham ishtirok etgan gap sanaladi.

Murakkab gap tarkibida asosiy gap bo’laklaridan tashqari ajratilgan bo’laklar (undalmalar), kirish bo’lak va kirish birikmalar ham qatnashadi. Qo’shma gap va o’ndan ortiq sodda gapning mazmun va ohang jihatdan o’zaro birikuvi asosida shakllangan gapdir.


  1. Gap va so`z birikmasi haqida fikringizni bayon eting hamda 20 ta misol yozing va tahlil qiling

Reja:


  1. Nutqiy so’z birikmasi (SB) haqida tushuncha. SB da hokim va tobe kengayuvchi va kengaytiruvchi so’z.

  2. SB da bog’lanish usullari.

  3. Hokim a‘zoning ifodalanishiga ko’ra SB ning turlari.

  4. SB ning tuzilishiga ko’ra turlari. Sodda birikma va murakkab birikma.

  5. SB va sintagma.


Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə