Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə43/52
tarix07.01.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#82697
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
BT sirtqi mustaqil ta`lim

Olmosh turlari

Olmosh ma’no va grammatik xususiyatlariga ko’ra yetti turga bo’linadi:

1. Kishilik olmoshlari: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari egalik affiksini olmaydi. Ba’zan III shaxs kishilik olmoshi otlashib, egalik affiksini olishi mumkin: Unisi 10 ga kirdi.

2. O’zlik olmoshi: o’zlik olmoshi egalik affiksini olib, har uchala shaxs kishilik olmoshini ko’rsata oladi. O’zlik olmoshi kelishiklar bilan turlanishi uchun avval egalik affiksini qabul qiladi: O’zimning o’zingni, o’zining. O’zlik olmoshi aniqlovchi, kesim, to’ldiruvchi vazifasida keladi.

3. Ko’rsatish olmoshlari: bu, shu, o’sha, mana shu, mana bu, ana shu, ushbu, ana u. Ko’rsatish olmoshlari shaxs, narsa buyum yoki ularning belgisini ko’rsatish, ta’kidlash uchun xizmat qiladi. Ko’rsatish olmoshi asosan, aniqlovchi, kesim vazifasida keladi.

4. So’roq olmoshlari: kim?, nima?, qanday?, qanaqa?, qachon?, qaysi?, qancha?, necha?, qaer?, nega?, qalay?. So’roq olmoshlari shaxsga (kim?), narsa buyumga (nima?), belgiga (qanday?, qanaqa?, qaysi?), miqdorga (necha?, qancha?), vaqtga (qachon?), maqsad va sababga (nega?, nimaga?), o’ringa (qani?) munosabat bildiradi.

Badiiy asarlarda nechuk, ne, na so’roq olmoshlari ishlatiladi.

So’roq olmoshlari kelishik, egalik affikslari bilan turlana oladi.

5. Belgilash-jamlash olmoshlari: har kim, har, har nima, har qanday, har qaysi, har bir; hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi. Belgilash olmoshlari gapda ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi va hol bo’lib keladi.

6. Bo’lishsizlik olmoshlari: hech kim, hech qanday, hech nima, hech qaysi. Bu olmoshlar ot, sifat, son kabi so’z turkumlari anglatgan ma’no haqidagi inkorni bildiradi. Ma’no jihatdan belgilash olmoshlariga zid. Bo’lishsizlik olmoshi ot vazifasida keladi.

7. Gumon olmoshlari: allakim, allaqanday, allaqaysi, kimdir, nimadir, allanima, allaqachon, allaqanaqa. Gumon olmoshlari predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildirib, ularga umumiy va taxminli ishora qiladi. Gumon olmoshlari ot, sifat xarakterida bo’ladi.

Belgilash, bo’lishsizlik, gumon olmoshlari sodda yoki qo’shma holda bo’ladi.



Fe’l

Ish-harakatni bildirgan so’zlar turkumi fe’l deyiladi. Fe’l quyidagi xususiyatlarga ega.

Fe’l tuslanadi. Fe’l turkumidagi so’zlarning shaxs-son qo’shimchalarini olib o’zgarishi tuslanish deyiladi. Shaxs-son qo’shimchalari tuslovchi qo’shimchalar deyiladi. Tuslanish fe’lning mayl, zamon va shaxs-son formalarini olib o’zgarishidir.

Shaxs-son tushunchasi (kategoriyasi)
Shaxs-son tushunchasi fe’l anglatgan harakat-holatning bajaruvchiga bo’lgan munosabatini ifodalaydi. I shaxs-so’zlovchi;

II shaxs-tinglovchi, III shaxs-nutq jarayonida ishtirok etmayotgan shaxs.

I shaxs: bordim bordik, boryapmiz

II shaxs: bording, boryapsan bordingiz, boryapsiz

III shaxs: bordi, boryapti bordilar, boryapti(lar)


Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə