5-ilova
Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashtirilgan darslarni rejalashtirish
Dars o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti, ham munosabati doirasida amalga oshadi.darslar asosan 3 ta komponentdan iborat bo‘ladi:
1.Tayanch bilimlarni aktuallashtirish, ya’ni avvalgi o‘tilganlarni xotirada tiklash.
2. Yangi tushunchalarni o‘rganish usullarini aniqlash.
3. Olingan bilimlarni amalyotda qo‘llash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
An’anaviy darslarni ko‘z oldimizga keltirsak, o‘qituvchi mavzuni chiroyli tushuntiradi, savol javob mavzu doirasida ыiziыarli uyushtiriladi. Keyingi darsda o‘quvchilar o‘qituvchi kabi gapirishga harakat qiladi, kitobdan mavzuni qayta qayta o‘qiydi biyron aytib beradi. Berilgan savollar ham asosan shu o‘tilgan mavzu doirasida bo‘ladi. Jurnallar “besh” bilan to‘lib boradi. Oradan bir oz vaqt o‘tibmavzu so‘ralganda o‘quvchi aytishga qiynalib qoladi. Yuzaki yodlashning natijasi shunday mavhum holatlarga olib keladi. Masalan 45 minutlik darsning yarmidan ko‘p vaqtini darslikdagi matnlarni ko‘chirtirish bilan o‘tkazgan o‘qituvchilar ham yo‘q emas. Bugungi darslar o‘quvchini mustaqil fikrlashga bahs munozaraga, o‘zini –o‘zi tahlil eta olishga, egallagan bilimlarini amalyotga qo‘llay olish. Bola tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak.
O‘rgatish
O‘qish
6-ilova
Rivojlantirish
7-ilova
FSMU texnologiyasi 7- ilova
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda o’quv jarayonini baxs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o’ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog`ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U – fikringizni umumlashtiring
Jadvalni to’ldiring
Dostları ilə paylaş: |