Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Xalqaro amaliyotda bank faoliyatini boshqarish va nazorat qilish



Yüklə 362,89 Kb.
səhifə188/190
tarix06.06.2023
ölçüsü362,89 Kb.
#115722
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190
Oshirish instituti

Xalqaro amaliyotda bank faoliyatini boshqarish va nazorat qilish

Xalqaro amaliyotda bank faoliyatini tahlil qilish usullari va bank likvidliligi. Risk-menejment tushunchasi. Xalqaro amaliyotda aktivlar sifatini aniqlash koeffitsentlari. Kredit riskini boshqarish asoslari. Foiz riskini boshqarish tamoyillari. Bankning rentabelligi va foydasi tahlili. Bankning daromadliligini tahlil qilish. Bank faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish. Xalqaro amaliyotda bank faoliyatini boshqarish usullari.

24

A

12

12.

Diplom oldi amaliyoti bo‘yicha hisobot ustida ishlash

Diplom oldi amaliyoti o‘tash davrida amaliyotchi o‘quvchi texnilumda va amaliyotga borayotgan tijorat bankida o‘rnatilgan ichki ish tartibiga rioya qilishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi kerak.
Amaliyotchi o‘quvchi dasturda ko‘rsatilgan barcha vazifalarni bajarishi, Markaziy bankning yo‘riqnoma, tartiblar, ko‘rsatma va xatlari bilan tanishib borishi lozim.
Amaliyot davomida o‘quvchi kundalik yuritishi va unda har kuni bajargan ishlarini yoritib borishi kerak. Kundalik bajarilgan ishlar quyidagi shaklda yozib boriladi:

Sana

Ish kuni

Bajarilgan ishlar

Rahbarning imzosi













Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbar o‘quvchining bajargan ishlarini kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yishi orqali tasdiqlaydi. Amaliyot bo‘yicha hisobot har bir mavzu bo‘yicha alohida tuziladi.
Asosiy mavzular bo‘yicha hisobotda o‘quvchi quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:
Mavzu bo‘yicha qanday savollar, operatsiyalar bilan tanishib chiqildi.
Shu bo‘limda xodimlar o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligi.
Sanab o‘tilgan operatsiyalarning hisobga olinishi va rasmiylashtirish tartibi.
Alohida olingan operatsiyalarning hujjatlar aylanishi sxemasini ko‘rsatish.
Har bir yoritilgan mavzular amaliy misollar va rasmiylashtirilgan xujjatlar bilan to‘ldirilishi kerak. Hisobot hajmi ko‘lyozmada 35-45 betdan iborat bo‘lishi, matnlar qisqartirilmasdan, xatosiz, toza A 4 o‘lchamdagi oq varaq qog‘ozga yozilishi kerak.
Diplom oldi amaliyoti tugagandan so‘ng o‘quvchi mutaxassislik kafedrasiga 3 kundan kechikmasdan hisobotni topshirishi lozim.
Hisobot kollejdan amaliyot raxbari etib tayinlangan o‘qituvchi tomonidan tekshirilib taqriz yoziladi va og‘zaki himoyaga ruxsat etiladi.
O‘quvchi o‘qituvchining yozma taqrizini o‘qib, tanishib chiqqandan so‘ng ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi lozim.
Kafedra tomonidan belgilangan muddatlarda hisobot og‘zaki ravishda komissiya oldida himoya qilinadi. Yozma hisobot, og‘zaki va amaliyot jarayonidagi faoliyatini hisobga olgan holda komissiya tomonidan o‘quvchi bilimi baholanadi. Hisobot himoya qilingandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda arxivga topshiriladi.

12

A

3




Jami:




336





Yüklə 362,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə