Boshqaruv hisobi



Yüklə 13,42 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü13,42 Kb.
#164265
2 5312541448963372200


Mavzu: BOSHQARUV HISOBI
Test
1. Boshqaruv hisobi bu - ...
A) korxona va uning iqtisodiy bo'linmalari faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qaroriarini qabul qilish uchun xarajatiar va daromadlar to·g'risidagi axborotni taqdim etuvchi ichkl xoʼjalik hisobining sintetik tizimidir;
B) korxona va lInmg iqtisodiy bo'linmalari faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qarorlarilli qablll qilishdir;
C) korxona va uning turli boʻgʻinlaridagi tarkibiy tuzilmalarning faoliyatiari YLlzasidan taktik va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun mo'ljallangan xarajatlar va daromadlar to'g'risidagi axborot tizimidir:
D) korxonaning faoliyati yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qaroriarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar to'g'risidagi axborotni taqdim etuvchi ichki xo'jalik hisobining tizimidir;
E) korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvolini baholash. aktivlar va passivlarning holati to'g'risidagi axborotlarni umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishni amalga oshiruvchi hisob tizimid
2. Boshqoruv hisobining maqsadi ifodalangan qotorni aniqlang.
A) tashqi foydalanuvchilar uchun axborotlarni yetkazib berish;
B) ichki foydalanuvchilar uchun axborotlarni shakllantirish;
C) tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun axborotlarni yig'ish;
D) boshqaruv hisohining maqsadi aniq emas;
E) moliyaviy hisobning maqsadi bilan bir xiI.
3.«Boshqaruv hisobi>>ning tomoyillarini belgilang.
A) xolislik va qiyoslanuvchanlik;
B) ikkiyoqlama yozuv va ehtiyotkorlik;
C) boshqaruv hisobi umumiy tamoyillarga ega emas;
D) oddiylik va tezkorlik;
E) tezkorlik va qiyoslanuvchanlik.
4. Boshqaruv hisobining axborotlari qanday o'ichanadi?
A) moddiy, mehnat va qiymat;
B) moddiy;
C) mehnat;
D) qiymat;
E) mehnat va qiymat.
5. Boshqaruv hisobining axborotlari kimlarga taqdim etiladi?
A) soliq organlariga;
B) statistika boshqarmasiga;
C) erkin shaklda taqdim etiladi;
D) moliya bo'limiga;
E) bank muassasalariga.

Savol

1

2

3

4

5

Javob

C

C

C

A

A

Nazorat uchun savollar:


1.Boshqaruv hisobiga ta’rif bering.
2.Boshqaruv hisobining maqsadi nima?
3.Respublikamiz korxonalarida boshqaruv hisobini tashkil etish zaruratini yuzaga keltirayotgan omillarni sanab bering.
4.Boshqaruv hisobining qanday elementlari mavjud?
5.Korxona faoliyatida boshqaruv hisobi qanday o‘rin tutadi?
1-SAVOLGA JAVOB:
Boshqaruv hisobi – bu korxona ichidagi shaxslarga ma’lumot taqdim etish bo’lib, ushbu axborotlarga tayangan holda ular asoslangan qarorlarni qabul qilish, joriy muomalarning samaradorligi va unumdorligini oshirish imkoniyatiga ega buladi.
2-SAVOLGA JAVOB:
Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to’g’risidagi ishonchli ahborotlar bilan ta’minlashdir. Hisob siyosatini ishlab chiqish. Moliyaviy hisobda hisob siyosati uni yuritish qoidalari, moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish tartibini ifodalaydi. Boshqaruv hisobi hisob siyosatida asosan korxona faoliyatini byudjetlashtirish, taxminlash, tannarx hisoblash, transfert bahoni shakllantirish, segmentar hisobot tuzish masalalari o’z ifodasini topadi.
3-SAVOLGA JAVOB:
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotida Boshqaruv hisobining nazariy - uslubiy asoslarini ishlab zarurati quyidagi omillar mavjudligi bilan izohlanadi:
- rivojlangan mamlakatlar tajribasiga muvofiq, buxgalteriya hisobini moliyaviy va boshqaruv hisobiga bo’linishi;
- buxgalteriya hisobida maxsulotlar tannarxini hisoblash, haqiqiy xarajatlardan chetlanishlarni boshqarishda «Standart-kost» hisob tizimining paydo bo’lishi;
- xarajatlarni doimiy va o’zgaruvchan turlarga ajratilishi, natijada korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish, xarajatlarni samarali taqsimlash maqsadida tannarxni kalkulyatsiya qilishning «Direkt-kosting» kabi zamonaviy tizimlarini rivojlantirish zaruratini yuzaga kelishi;
- korxonalar amaliyotiga «zararsizlik nuqtasi», «marjinal daromad», «ishlab chiqarish dastagi» va boshqa yangi iqtisodiy atamalarning kirib kelishi hamda ularni xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi va moliyaviy natijalar o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlashga yo’naltirish zarurati;
- korxonalar hisob tizimi oldiga moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni rejalashtirish, ishlab chiqarish zaxiralarini strategik boshqarish, ularga mos transfert baholarni shakllantirish, xarajatlar va daromadlar hisobining samarali modelini yaratish kabi vazifalarni qo’yilishi;
- buxgalteriya hisobida yangi kompyuter texnologiyalari, axborot dasturlarining keng joriy etilishi, shuningdek, boshqaruv hiosbini avtomatlashtirish asoslarini ishlab chiqish muammosining mavjudligi va h.k. Boshqaruv hisobi korxonaning ichki vazifalarini hal qilishga mo’ljallangan bo’lib, bu uning “nou-xau”sidir.
4-SAVOLGA JAVOB:
Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, schetlar va ikkiyoklama yozuv, balansda umumlashtirish va hisobot kabi moliyaviy hisob usullarining barcha elementlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, unda iqtisodiy tahlil, iqtisodiy-matematik va statistik usullar ham keng qo’llaniladi.
5-SAVOLGA JAVOB:
Boshqaruv hisobi axborotlarini shakllantirishda ishlab chiqarish faoliyati muhim o’rin tutadi. Unda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, o’zgarishi, ularni javobgarlik markazlari bo’yicha hisobini tashkil qilish, shuningdek, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasini yuritish, sarflangan xarajatlar bo’yicha chetlanishlarni hisobga olish amalga oshiriladi.

Masala:
Yüklə 13,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə