Boshqaruv psixologiyasi


-Mavzu: Boshqaruvchining faoliyat motivlari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə57/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

6-Mavzu: Boshqaruvchining faoliyat motivlari
Reja:
1.Boshqaruvchi faoliyatida tashqi motivlar.
2. Boshqaruvchi faoliyatida ichki motivlar.
3.Boshqaruvchi faoliyatida psixologik motivlar.
4.Boshqaruvchi faoliyatida yutuqli va yutuqsiz motivlar.
5.Motivlarning turlari.
Mavzuning qisqacha bayoni: Har qanday motivatsiyaning boshlang‘ich nuqtasi qondirilishi lozim bo‘lgan ehtiyoj, zaruratdir. Keyin esa ushbu ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq maqsad aniqlanadi. Aniqlangan maqsad va anglangan ehtiyoj ushbu zaruratni qondirish ob’ektini izlay boshlaydi va inson shu maqsad sari xatti-harakatni amalga oshiradi. Tashkilot ehtiyojlariga korxona maqsadi, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar, imkoniyatlar va inson resurslarini boshqarish imkoniyati kiradi.SHaxsiy ehtiyojlar esa har bir insonda o‘ziga xos bo‘lib, boshqa xodimlarnikidan farq qilib turadi. Ayrim xodimlar xavfsizlikka intilishadi, boshqalarini maosh, ayrimlari obro‘-e’tiborga qiziqsa, ba’zi birlari o‘zini yanada takomillashtirishga intiladi. Tashkilot va xodim manfaatlarining mosligi tashqi ishchi muhitga bog‘liq. A.Maslouning motivatsiya nazariyasi. A.Maslouning motivlar ierarxiyasi haqidagi ta’limotiga binoan, insondagi dolzarb ehtiyoj taalluqli motivda o‘z aksini topadi va shunga muvofiq harakatni keltirib chiqaradi. Bu ta’limot bo‘yicha, insonda mavjud hamma ehtiyojlar va shunga mos motivlar besh asosiy guruhga kiritilishi mumkin:
Fiziologik ehtiyojlar;
Xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar;
Ijtimoiy ehtiyojlar;
Tan olinish ehtiyojlari;
O‘z-o‘zini takomillashtirish.
A. Maslou bo‘yicha ushbu guruh ehtiyojlar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin:
1.Fiziologik ehtiyojlarga inson organizmining biologik butunligini ta’minlovchi zaruriyat mujassamlashgan: ovqatlanish, dam olish, uy-joy, jinsiy ehtiyojlar va hokazolar. Ushbu sanab o‘tilgan ehtiyojlarni qondirishning asosiy shartlaridan biri etarli miqdordagi pulga ega bo‘lishdir. SHunday qilib, moddiy boyliklar, maosh, ijtimoiy imkoniyatlar – asosiy fiziologik ehtiyojlarni qondirish usulidir.
2.Xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj – hayotni, salomatlikni saqlash, ertangi kunga ishonch, nafaqa bilan ta’minlanishga ishonish va x.k.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə