Boshqaruv qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish jarayoni



Yüklə 34,04 Kb.
səhifə2/2
tarix04.05.2023
ölçüsü34,04 Kb.
#108512
növüReferat
1   2
BUX 4

a) mahsulot sifatini nazorat qilib borish;
b) xom ashyoning zaxiralarini yaratish;
v) material va komplekt qismlarni zapas qilib turish;
g) reklama qilib turish;
d) ulgurji savdo tizimini yaratish;
ye) savdoni rag’batlantirib turish.
Qaror qabul qilishda umumiy boshqaruv deganda, qaror qabul qilish jarayoni bitta umumiy rahbar qo’lida deb tushuniladi. U esa o’z navbatida yuqori rahbarga buysunadi. Bu yerda, qarorni qabul qilishda iyerarxiya hosil bo’ladi, ya’ni har bir rahbar o’zining rahbari bilan maslahatlashadi. Qaror qabul qilish qoidalari yoki normativlari odatda firmaning o’zida ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi. Bu qoidalarda aniq sharoitlarda qarorlar qabul qilishda kerak bo’lgan harakatlar ko’rsatiladi. Bu qoidalarning maqsadi har hil bo’linmalarni o’zaro muvofiqlashtirish. Bu qoidalar 3 turga bo’linadi: operativ, strategik, tashkiliy.
Operativ qoidalar – bu o’rta boshqaruv zvenolarda ishlatiladigan har hil instruksiyalar.
Strategik qoidalar – bu ishlab chiqarilgan mahsulotlar turini aniqlash, xizmat turini aniqlash, narxlar o’rnatish usullari, sotish shart-sharoitlarini ishlab chiqish masalalari kiradi.
Tashkiliy qoidalar mahalliy yoki davlat qonunlariga asoslanadi. Bunga firma faoliyatining maqsadi va harakterini aniqlash, uni davlat tashkilotlari bilan munosabati, firma nizomi, huquqiy shakllari kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Bu qoidalar firmaning egasini, uning huquqi va javobgarligini, dividendlar o’lchovini, yuqori boshqaruvchilarning maoshi va premiyalarini, okladlar sxemasini, kapital quyilmalar limitini va boshqalarni belgilaydi.
Rejalar boshqarishning qarorlarini qabul qilishda har hil bo’linmalarning faoliyatini o’zaro mavofiqlashtirish vositasidir.
Ikki tomonlama qarorlar qabul qilishda bir sathdagi rahbarlarni yuqoridagi rahbarlar bilan maslahatlashmasdan individual harakatlar natijasida qabul qilingan qarorlar.
Yüklə 34,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə