Бозор инфратузилмаси ва унинг бозор шароитидаги аҳамияти



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə2/5
tarix01.05.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#107866
1   2   3   4   5
Talab va taklif

Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning oʻrasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi.

Talab qonuni

Talab qonuni

Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holatda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha kam bo‘ladi. Talab qonuni talab miqdorining narxga teskari bog‘langanligini ko‘rsatadi. Bu xususiyatni quyidagi ikkita omilga ko‘ra izohlash mumkin:

  • Daromad omili. Odamlar tovarni arzon narxda qimmat narxdagiga qaraganda ko‘proq sotib olishga ishtiyoqmand bo‘lishadi, chunki tovar narxining pasayishi is te ’molchilarning xarid qobiliya tini oshiradi. Masalan, bozorda go‘sht narxi tushsa, odamlar oldin xarid qilayotgan oilaning isteʼmol savatidagi narsalarni kamroq pul sarflab sotib olishadi. Natijada, qanchadir pul ortib qoladi. Bu pulga qo‘shimcha miqdorda yana go‘sht yoki boshqa tovarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
  • Almashtirish omili. Xaridorlar narxi qimmat bo‘lgan tovarni, uning o‘rnini bosadigan boshqa arzon tovarga almashtirishadi. Masalan, yoz kunlarida olma narxining pasayishi bois isteʼmolchilar mevaga bo‘lgan ehtiyojlarini olma sotib olib isteʼmol qilish bilan qondirishadi. Chunki, bu davrga kelib olma narxi apelsin yoki banan narxiga nisbatan ancha arzon bo‘lib qoladi. Shuning uchun qimmat apelsin va banan o‘rnini olma egallaydi.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə