Bozor iqtisodiyoti davrida tavakkalchilik va uning vujudga kelishi. Tavakkalchilikni o‘lchash


Tavakkalchilikni (yo‘qotishlarni) pasaytirish



Yüklə 349,46 Kb.
səhifə4/9
tarix21.10.2023
ölçüsü349,46 Kb.
#130552
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-МАВЗУ. БОЗОР ВА ТАВАККАЛЧИЛИК

8.3. Tavakkalchilikni (yo‘qotishlarni) pasaytirish
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug‘urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.
Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya’ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo‘ladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi.
Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma’lumki, bir vaqtning o‘zida ikkala mahsulot turiga bo‘lgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan bittasiga bo‘lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Ko‘p hollarda bir turdagi mahsulotga bo‘lgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga bo‘lgan talab oshadi. Quyidagi 4-jadvalda ikki turdagi mahsulotdan olinadigan daromadlar keltirilgan.
Jadval 4.
Tovarlarni sotishdan tushgan daromad.

Tovarlar turi

Yoz fasli

Qish fasli

1-tur (muzqaymoq)

6 mln. so‘m

1 mln. so‘m

2-tur (issiq choy)

1 mln. so‘m

6 mln. so‘m

Firma o‘z ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yo‘qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko‘proq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo‘qotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko‘rinib turibdiki firma diversifikatsiya yo‘li bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni to‘liq yo‘qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos.



Yüklə 349,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə