Bozor iqtisodiyoti davrida tavakkalchilik va uning vujudga kelishi. Tavakkalchilikni o‘lchash


Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo‘qotish yo‘llari



Yüklə 349,46 Kb.
səhifə7/9
tarix21.10.2023
ölçüsü349,46 Kb.
#130552
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-МАВЗУ. БОЗОР ВА ТАВАККАЛЧИЛИК

Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo‘qotish yo‘llari.
Bozor signallari. Bozorda sotiladigan tovar to‘g‘risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to‘g‘risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro‘i, tovar sifati va kafolati to‘g‘risidagi axborotlar bozor signallari bo‘lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz sotib olmoqchi bo‘lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan firmaning mahsuloti bo‘lsa, siz mahsulotni yo‘qotishsiz sotib olasiz.
Auksionlar. Auksionlar ham axborotlardagi asimmetriyani yo‘qotadigan bozor hisoblanadi. Noyob san’at namunasiga, tez buziladigan mahsulotlarga (sabzavot, meva, baliq) narxlar sotish vaqtida o‘rnatiladi. Auksionlarning asosan ikki turi mavjud: Ingliz va Golland auksionlari.
Ingliz auksioni - bu auksionda stavka pastdan yuqoriga qarab oshib boradi va bu oshish taklif qilingan maksimal narxda tovar sotilguncha davom etadi. Ushbu auksionda asosan san’at namunalari, zebu-ziynatlar va hokazolar sotiladi.
Golland auksionida stavkalar yuqoridan pastga qarab, toki tovar minimal mumkin bo‘lgan narxda sotilgunga qadar tushib boradi. Ushbu auksionda vaqt muhim ahamiyatga ega, nima uchun deganda auksionda asosan tez buziladigan tovarlar sotiladi: gullar, sabzavotlar, mevalar, baliq va hokazolar sotiladi.
Golland auksionida minimal mumkin bo‘lgan narx - birinchi e’lon qilingan narxning 20 foizi hisoblanadi. Agar tovar ushbu narxda ham sotilmasa, u sotuvdan olinadi.
Yopiq auksion - bu auksionda qatnashuvchilar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tovar uchun stavkalar qo‘yadi va tovar kim ko‘p stavka qo‘ygan bo‘lsa, unga beriladi.
Hozirgi vaqtda iste’molchi huquqini himoya qiluvchi qonunlar ishlab chiqilgan. Bu qonunga ko‘ra iste’molchi sotib olingan tovardan foydalanishi davomida ko‘rgan jismoniy hamda ma’naviy yo‘qotishlarini qoplashni sotuvchidan talab qilishga haqi bor. Lekin, iste’molchi huquqini himoya qilishda ob’ektiv chegara bo‘lishi lozim. Rivojlangan davlatlarda iste’molchining yo‘qotishini qoplash sotib olingan tovar qiymatining uch barobaridan oshmasligi kerak.

Yüklə 349,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə