Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning o’zbekistondagi xususiyatlari reja


Bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan moliya va bank tizimini shakllantirish, milliy valyutani muomalaga kiritish; K



Yüklə 40,35 Kb.
səhifə10/10
tarix22.03.2024
ölçüsü40,35 Kb.
#181640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning o’zbekistondagi xusus-fayllar.org

Bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan moliya va bank tizimini shakllantirish, milliy valyutani muomalaga kiritish;
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va aholini himoya qilishning samarali mexanizmini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish;
Mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustalikamlash, lining barqarorligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida Qurolli Kuchlarni shakllantirish;
Tashqi siyosat va diplomatik xizmatni shakllantirish va hokazo.
Ikkinchi bosqich 2001 yildan 2007 yilgacha bo'lgan muddatni o'z ichiga olib, u Birinchi Prezidentimiz tomonidan faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri deb nomlandi. Ushbu davrda quyidagi asosiy jihatlarga e'tibor qaratildi hamda muhim vazifalar amalga oshirildi:
O'tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida ob'ektiv zarurat bo'lgan kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich o'tishga erishish;
Mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatali parlamentga aylantirilishi;
Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, awalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, byudjet tashkilotlarini, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish bilan ta'minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakolatlarini mahalliy hokimiyat, fuqarolaming o'zini-o'zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma- bosqich o'tkazilishi;
Sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo'yicha yangi konsepsiyaning hayotga tatbiq qilinishi va hokazo.
Mamlakatni jadal isloh etish va modemizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari va asosiy yo'nalishlari
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, qo'lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlaming asosida iqtisodiyotni modemizatsiyalash jarayonining o'mi ahamiyatli hisoblanadi . Shunga ko’ra, hozirda modemizatsiya jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Eng avvalo, modemizatsiya atamasining mazmuniga to'xtaladigan bo'lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid aksariyat lug'atlarda unga quyidagi mazmundagi ta'rif beriladi: «Modemizatsiya - ob'ektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me'yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko'rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modemizatsiya qilinadi». Fikrimizcha, bu modemizatsiyaga tor ma'nodagi yondashuv bo'lib, bugungi kunda uning keng ma'nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Modemizatsiya - an'anaviy jamiyatning ilg'or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta'minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon.
Modemizatsiya jarayoni doirasida odatda quyidagi o'zgarishlar ro'y beradi:
  1. ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi va turmush tarzining o'zgarishi - ixtiloflarni tartibga soluvchi hamda ijtimoiy muammolarni hal etuvchi yangi tartib va mexanizmlarning paydo bo'1ishi;


  2. alohida individlarning ongliligi va mustaqilligining oshishi;


  3. iqtisodiyot sohasida - tovar-pul munosabatlarining eng yuqori darajada yoyilishi, yangi ilg'or texnologiyalarning paydo boilshi, boshqaruvchilar va yollanma xodimlarning kasbiy ixtisoslashuvining yuqori darajasiga etishi;


  4. ijtimoiy munosabatlaming o'zgarishi - mobil tabaqalashgan jamiyatdan dinamik, yuqori ijtimoiy harakatchanlik va ijtimoiy raqobatga asoslangan jamiyatga o'tilishi.


Modemizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida, shuningdek, uning quyidagi tamoyili arini ham ajratib ko'rsatish mumkin:


  • uning majmuaviyligi, ya'ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishi;


-uning tizimiyligi, ya'ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi yoki yaxlit sohasining o'zgarishi boshqalarining o'zgarishiga olib kelishi. Masalan, madaniy va siyosiy o'zgarishlar iqtisodiyotdagi o'zgarishlarga olib keladi va aksineha;


-uning global tavsifi - u dastlab bir necha ilg'or mamlakatlarda boshlanib, keyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda;
-uning davomiylik tavsifi - modemizatsiya qisqa davrda ro'y bermaydi, balki u bosqichlarga bo iinadi (islohotlarni amalga oshimvchi etakchi gumhning paydo bo'lishi, o'zgarishlarni ilgari surish, ular natij alarming tarqalishi va mustahkamlanishi);
  • tabaqalashganlik tavsifi - modernizatsiya turli mamlakatlarda turlicha ro'y berib, u yoki bu holda milliy madaniyat va axloq an'analariga tayanadi (masalan, «yapon iqtisodiy mo'jizasi»), G arb va Evropa qadriyatlari foydasiga ulardan to'liq voz kechishni taqozo etmaydi. Ba'zi manbalarda modemizatsiyaning alohida jihatlariga e'tibor qaratiladi.


Umuman olganda, modernizatsiya juda keng tushuncha bo'lib, bugungi kunda unijamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o'zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg'or andozalar tomon yo'naltirish va takomillashtirish jarayoni arming majmui sifatida ifodalash mumkin.



1



2


http://fayllar.org
Yüklə 40,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə