Bozor talab va taklif metodlari asosida tadqiq qilish



Yüklə 5,59 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü5,59 Kb.
#181892
BOZOR TALAB VA TAKLIF METODLARI ASOSIDA TADQIQ QILISH

TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI IQTISODIYOT(TARMOQLAR VA SOHALAR BO`YICHA) YO`NALISHI 4-22 GURUH TALABASI BEKPO`LATOVA SHAHLONING MIKRO IQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Bozor talab va taklif metodlari asosida tadqiq qilish

Reja:

  • 1. Talab tushunchasi va talab qonuni.
  • 2. Taklif tushunchasi va taklif qonuni.
  • 3. Bozor muvozanatining yuzaga kelishi va uni iqtisodiyotga ta’siri.
  • Tayanch iboralar: talab tushunchasi , talab qonuni, taklif tushunchasi, taklif qonuni, bozor muvozanati.

Talab tushunchasi va talab qonuni.

  • Talab mollar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojning pul va boshqa to’lov vositalari bilan ta’minlangan qismidir. Talab bozordan nimani va qancha miqdorda sotib olishni aniqlab beradi. Masalan 1000 so’mi bor odam shu pulning hammasiga o’z ehtiyojini qondirishi mumkin bo’lgan turli xil mollar sotib olishi uchun bozorga bordi. U o’z pulining 300 so’miga ko’ylak va 700 so’miga bir shim oldi. Lekin u tufli va ichki kiyimlar ham olishi kyyerak edi. Ammo, uning bu ehtiyojlarini ta’minlashga puli qolmadi. Shuning uchun ham u qolgan ehtiyojlarini talab qila olmaydi. Bozorda xaridorlar mol sotib olib, o’z ehtiyojlarini qondirishni xohlaydilar.

Talab tushunchasi va talab qonuni.

  • Ammo xaridorning muayyan tovarga bo’lgan talabi ko’pgina, jumladan, aholining pul daromadi va uning o’sishiga, bozor hajmiga va mollar bahosiga, iste’molchiga berilgan imtiyozga, iste’molchilar tabiatiga hamda bir mol o’rniga ishlatilishi mumkin bo’lgan boshqa mollarning mavjud-mavjudmasligi kabi boshqa omillarga, bog’liqdir. Bu omillar ichida talabni aniqlab beruvchi asosiy omil – mollar bahosidir. Chunki xaridor o’zidagi pul miqdoriga qarab, molni sotib olishi mumkin bo’lgan eng yuqori – talab narxini aytadi. Xaridor ushbu narxdan yuqori ko’tarilmaydi, chunki uning boshqa puli yo’q. Bundan ko’rinadiki, boshqa hamma omillar o’zgarmagan holda ushbu molning bozor bahosi bilan talab miqdori o’rtasida muayyan nisbat mavjuddir.

Bu qonuning asosini nima tashkil qilishini tushunish uchun quyidagilarni ko’rib chiqamiz:

  • 1. Xaridor doimo molni past bahoda sotib olishga, sotuvchi esa yuqori bahoda sotishga harakat qiladilar. Baho yuqori bo’lsa, u kam sotib olinadi va demak, bunda baho iste’molchilar uchun to’siqqa aylanadi.
  • 2. Agar molning bahosi pasayib borsa iste’molchilar molni ko’proq va qayta-qayta sotib oladilar. Bunday holatda iste’molchining sotib olayotgan mahsulotidan qoniqish kamayib borabi. Bu foydalilik chegarasining kamayib borish qonuni deyiladi. Molning foydalilik chegarasining kamayib borishi iste’molchi tomonidan arzon bahoda sotib olgan mollar miqdorining ko’payishi va u mol birligini yetarli darajada qadrlamasligi natijasidir. Shuning uchun molning foydalilik chegarasi – xaridor uchun xarid qilishning foydalilik chegarasidir. Chunki xaridor xarid qilishi-qilmasligi haqida o’ylanib qoladi.

Taklif tushunchasi va taklif qonuni

  • Iste’molchilar molni sotib olishlari uchu avvalo bu mollarni ishlab chiqarish kyyerak. Mollarni ishlab chiqarish va ularni iste’molchilarga yetkazib berish esa ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlarining sotilishi o’zgarishiga, eng avvalo narxlarning o’zgarib turishiga qanday munosabatda bo’lishlari bilan bog’liqdir. Bu esa taklif qonuni asosida amalga oshadi.

Taklif

  • Taklif – ishlab chiqaruvchilarning bozorda sotish hohishi bo’lgan mollar va xizmatlar miqdoridir. Taklif – ishlab chiqaruvchilarning bozorda sotishga hohishi bo’lgan mollardan qancha va qanday turlarda ishlab chiqarilganligini ko’rsatadi. Mollar taklifiga texnika taraqqiyoti, ishlab chiqaruvchilarning monopol hukmronligi, mollar bahosida bo’ladigan o’zgarish kabilar ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun ham taklifni ko’tarilib (yoki pasayib) boruvchi o’q tarzida ifodalash mumkin.

Ishlab chiqarish

ETIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!

16-10 TMJ

ISMATOVA MALIKA


Yüklə 5,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə