118
Bunga o‘quvchi va talabalarning barcha ta‘lim bosqichlarida barcha o‘quv yurtlarida o‘quv-
tarbiya jarayonini tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan erishilishi mumkin.
O‘quvchi va talabalarning barcha ta‘lim bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini
tabaqalashtirish va individuallashtirish deganda shunday rivojlanish, tarbiya va ta‘lim tizimini
tushunamizki, bunda har bir ta‘lim oluvchi umumiy ahamiyaga ega va doimiy o‘zgaruvchi
hayotiy sharoitlarga moslashish imkoniyatini ta‘minlovchi, ularning qiziqishlari eng yuqori
darajaga javob beruvchi, dunyoqarash va ilmshunoslik yo‘nalishlariga kafolatli e‘tiborni qaratish
huquqiga ega bo‘ladi.
Matematika o‘qitishda o‘quv-tarbiya jarayonini tabaqalashtirish va individuallashtirish
o‘quv tarbiya jarayoni xususiyati bilan shartlangan Matematika fani obyektiv olganda eng
murakkab o‘quv fanlaridan hisoblanadi va uni o‘rganish ko‘pgina o‘quvchilarda qiyinchiliklar
uyg‘otadi [2,3]. Shu bilan birga o‘quvchilarning ma‘lum qismi bu fanni o‘rganishga qobiliyat va
qiziqishlariga ega.
Matematika o‘qitishni har bir ta‘lim oluvchining shaxsiga yo‘naltirish o‘quv-tarbiya
jarayonini tabaqalashtirish va individuallashtirish, har bir ta‘lim oluvchining ehtiyojlari va
qiziqishlarini hisobga olishni talab olib etadi. Bunda matematika bo‘yicha o‘quv-tarbiya
jarayonini tabaqalashtirishning ikkita asosiy turini ajratish mumkin:
1)
saviyali tabaqalashtirish;
2)
mutaxassislik tabaqalashtirish.
Saviyali tabaqalashtirish bir sinfda yoki akademik guruhda bir o‘quv dasturi va bir darslik
bo‘yicha ta‘lim oluvchilarning turli qatiylik va murakkablik saviyalarida materialni
o‘zlashtirishlarida namoyon bo‘ladi.
Bunda asosiysi majburiy tayyorgarlik saviyasi hisoblanadi. Unga erishish uchun o‘quv
fani mazmuniga qo‘yiladigan minimal zarur talablarni bajarish lozim bo‘ladi. Shu asosda
materialni o‘zlashtirishning yanada yuqori saviyasi shakllanadi.
Quyida biz matematika fanini o‘rganishda tabaqalashtirilgan ta‘limni tashkil
etishda o‘qituvchi faoliyatining doir umumiy tarzda berilgan uslubiy tavsiyalarni
keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: