Bu holda eksperimentning mazmunini ochishda auditoriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oraliqda


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104390
1   2   3   4   5
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 
1.
A.S. Karimov, M.Ibadullayev, B.Abdullayev. ―Elektrotexnikaning nazariy asoslari‖ 
Darslik. T.: <> 2017 y 
2.
M.Jo`rayev, B.Sattorova. ―Fizika va astronomiya o`qitish nazariyasi va metodikasi‖ 
O`quv qo`llanma. T.: <> 2015 y 
3.
H.T.Omonov, N. X. Xo`jayev, S.A. Madyorova, E.U. Eshchonov. ―Pedododik 
texnologiyalar va pedagogik mahorat‖ Darslik. T.: <> 2009 y 
4.
M.U Dexkanova. ―Kasb ta`limi metodikasi‖ o`quv qo`llanma. ToshTYMI. T.: 2019 y 
5.
S. Zaynobiddinov, M. To`lqinov 2022 ―Ko`p fazali elektr zanjirlari mavzusini samarali 
o`qitish metodini ishlab chiqish‖ NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_4-son 555-562 
UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA SAVIYALI TABAQALASHTIRISHNI SAMARALI 
AMALGA OSHIRISH SHARTLARI 
Xayitmuradov Sherzod Sag‗dullayevich,
Aktamov Husan Sanaqulovich 
Sh.Rashidov nomidagi SamDU O‗zbekiston- 
Finlandiya pedagogika instituti o‗qituvchilari 
 
Annotatsiya:
Bu maqolada matematikani shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishda saviyali 
tabaqalashtirish texnologiyasi bayon etiladi. Bundan tashqari, ta‘limning variativligi hamda 
o‘quvchilarning shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish sharoitlarida tarbiyalash masalalarini amalga 
oshirish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. 
Kalit 
so‗zlar

individuallashtirish, 
saviyali 
tabaqalashtirish, 
mutaxassislik 
tabaqalashtirish, sanoqchilar, yechuvchilar, ziyraklar.
O‘zbekiston Respublikasining kadrlarni tayyorlash milliy dasturi [1] da ta‘lim sistemasini 
insonparvarlashtirish, uning har bir ta‘lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirilganligi e‘tiborga olingan. 


118 
Bunga o‘quvchi va talabalarning barcha ta‘lim bosqichlarida barcha o‘quv yurtlarida o‘quv-
tarbiya jarayonini tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan erishilishi mumkin.
O‘quvchi va talabalarning barcha ta‘lim bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini 
tabaqalashtirish va individuallashtirish deganda shunday rivojlanish, tarbiya va ta‘lim tizimini 
tushunamizki, bunda har bir ta‘lim oluvchi umumiy ahamiyaga ega va doimiy o‘zgaruvchi 
hayotiy sharoitlarga moslashish imkoniyatini ta‘minlovchi, ularning qiziqishlari eng yuqori 
darajaga javob beruvchi, dunyoqarash va ilmshunoslik yo‘nalishlariga kafolatli e‘tiborni qaratish 
huquqiga ega bo‘ladi. 
Matematika o‘qitishda o‘quv-tarbiya jarayonini tabaqalashtirish va individuallashtirish 
o‘quv tarbiya jarayoni xususiyati bilan shartlangan Matematika fani obyektiv olganda eng 
murakkab o‘quv fanlaridan hisoblanadi va uni o‘rganish ko‘pgina o‘quvchilarda qiyinchiliklar 
uyg‘otadi [2,3]. Shu bilan birga o‘quvchilarning ma‘lum qismi bu fanni o‘rganishga qobiliyat va 
qiziqishlariga ega.
Matematika o‘qitishni har bir ta‘lim oluvchining shaxsiga yo‘naltirish o‘quv-tarbiya 
jarayonini tabaqalashtirish va individuallashtirish, har bir ta‘lim oluvchining ehtiyojlari va 
qiziqishlarini hisobga olishni talab olib etadi. Bunda matematika bo‘yicha o‘quv-tarbiya 
jarayonini tabaqalashtirishning ikkita asosiy turini ajratish mumkin: 
1)
saviyali tabaqalashtirish;
2)
mutaxassislik tabaqalashtirish. 
Saviyali tabaqalashtirish bir sinfda yoki akademik guruhda bir o‘quv dasturi va bir darslik 
bo‘yicha ta‘lim oluvchilarning turli qatiylik va murakkablik saviyalarida materialni 
o‘zlashtirishlarida namoyon bo‘ladi.
Bunda asosiysi majburiy tayyorgarlik saviyasi hisoblanadi. Unga erishish uchun o‘quv 
fani mazmuniga qo‘yiladigan minimal zarur talablarni bajarish lozim bo‘ladi. Shu asosda 
materialni o‘zlashtirishning yanada yuqori saviyasi shakllanadi. 
Quyida biz matematika fanini o‘rganishda tabaqalashtirilgan ta‘limni tashkil 
etishda o‘qituvchi faoliyatining doir umumiy tarzda berilgan uslubiy tavsiyalarni 
keltiramiz. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə