Bu Yerda Web Sahifa Nomi Bo’ladi



Yüklə 1 Mb.
səhifə6/44
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#163028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
HTML Tutorial uzbek

bottommargin=" " - web sahifamiz quyi qismidan joy tashlash uchun ishlatiladi, bu attribute qiymati pixelda sonlar bilan belgilanadi, agar bu attribute yordamida web sahifamiz quyi qismidan joy tashlanmasa yozgan matnlarimiz web browserda quyi qismiga yopishgan holda paydo bo'ladi (bottom-quyi; margin-joy tashlash).

  • bgproperties="fixed" - bu attribute bizga yordamida o'rnatgan orqa fonimizni web sahifa tepa va pastga sichqoncha roligi yordamida harakatlansa ham uning orqasidagi fonni harakatsiz holatga keltiradi, "fixed" qiymati o'zgarmasdir.

  • leftmargin=" " - web sahifamiz chap qismidan joy tashlash uchun ishlatiladi, bu attribute qiymati ham pixelda sonlar bilan belgilanadi, agar bu attribute yordamida web sahifamiz chap qismidan joy tashlanmasa yozgan matnlarimiz web browserda chap qismiga yopishgan holda paydo bo'ladi (left-chap; margin-joy tashlash).

  • link=" " - Link deganidir, bu barcha hali foydalanuvchi tamonidan tashrif buyurilmagan linklarning rangini belgilaydi, tashrif buyurilmagan deganimning sababi tashrif buyurilgan linklarni boshqa rangda belgilash mumkindir. Yuqoridagi (alink) misolda birinchi ko'rinib turgan qizil rang haqiqiy link rangidir.

  • rightmargin=" " - web sahifamiz o'ng qismidan joy tashlash uchun ishlatiladi, agar bu attribute yordamida web sahifamiz o'ng qismidan joy tashlanmasa yozgan matnlarimiz web browserda o'ng qismiga yopishgan holda paydo bo'ladi, qiymati pixeldir (right-o'ng; margin-joy tashlash).

  • text=" " - butun bir web sahifamizning matn rangini o'zgartiradi, qiymati istalgan rang ingiliz tilida yozilsa bo'lgani.

  • topmargin=" " - web sahifamiz yuqori qismidan joy tashlash uchun ishlatiladi, agar bu attribute yordamida web sahifamiz yuqori qismidan joy tashlanmasa yozgan matnlarimiz web browserda yuqori qismiga yopishgan holda paydo bo'ladi (bottom-quyi; margin-joy tashlash).

  • vlink=" " - visited link deganidir, yani foydalanuvchi tashrif buyurgan link bu attribute tashrif buyurilgan linkning rangini o'zgartirish uchun qo'llaniladi.


    Yüklə 1 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə